HONOR kompaniyasi “HONOR OVOZI” loyihasida brend ovozini aniqladi

Fan-texnika 14:38 / 14.11.2023 49622

O‘tgan haftada “HONOR OVOZI” loyihasining ommaviy ovoz berish bosqichi yakunlandi. Brend nomini mahoratli talaffuz qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda 10 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etdi — ular ovoz tembri, brend nomini to‘g‘ri talaffuz qilish va xarizma borasida bellashdi. Loyiha natijalari 6 noyabr sanasida sarhisob qilindi.

Finalistlar uchun 1800 dan ziyod o‘zbekistonlik ovoz berdi. Natijalarga ko‘ra, qo‘qonlik Muzaffajon Ne’matov katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi, unga 751 kishi ovoz berdi. Mukofot sifatida Muzaffarjon barcha oila a’zolari uchun HONOR mahsulotlari to‘plamini qo‘lga kiritdi. To‘plamda HONOR X9a, HONOR X8a, HONOR X7a va HONOR 90 smartfonlari, bir juft HONOR Choice Earbuds X3 Lite quloqchinlari va Magicbook X14 2023 noutbuki bor.

“Notiqlik va suxandonlik – mening sevimli hobbim. Bir tanishim HONOR kompaniyasi o‘z slogani uchun o‘ziga xos ovoz qidirayotgani va tanlov e’lon qilgani haqida aytib qoldi. Men ham yangicha yo‘nalishda o‘zimni sinab ko‘rishga qaror qildim va bugun g‘oliblik nasib etdi.

Ushbu loyihaning tashabbuskori bo‘lgan HONOR kompaniyasidan va ovoz berib qo‘llab-quvvatlagan xalqimizdan minnatdorman”, deydi tanlov g‘olibi Muzaffarjon.

Endi g‘olibning ovozi butun mamlakat bo‘ylab brendning reklama roliklari va internet-materiallari yakunida yangraydi.

HONOR kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Longning aytishicha, tanlov g‘olibini aniqlashga jiddiy yondashilgan.

“O‘zbekiston barchani o‘z mehmondo‘stligi va noyobligi bilan hayratda qoldiradi. Uning insonlari juda ijodkor, har yerda ko‘plab iqtidorlarni topish mumkin. Shuning uchun biz – HONOR kompaniyasi ularga yordam bera olishi va bir vaqtning o‘zida o‘zlarini namoyon etishlariga imkon berishi mumkinligini angladik.

Jamoamiz barcha ishtirokchilarning ovoz yozuvlarini bir necha martadan tingladi, g‘olibni saralab olishga juda puxta yondashdi. Men o‘zim ham har bir nomzodga ovoz berdim. Natijada Muzaffar eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘ldi. Men g‘olibni chin dildan tabriklayman hamda HONOR va O‘zbekiston xalqi qatnashadigan yana yangi loyihalarni kutib qolaman”, deydi Chen Long.

HONOR bilan qoling!

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: