Toshkent-2025 IV yoshlar Osiyo o‘yinlari uchun 100 gektarlik maydonda Olimpiya shaharchasi qad rostlaydi (fotojamlanma) 

Sport 03:12 / 12.11.2023 22473

Toshkent shahri 2025 yil IV yoshlar Osiyo va V Para Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. 

Musobaqaga tayyorgarlik doirasida jadal sur’atlarda Xitoyning «CAMC Engineering» kompaniyasi bilan hamkorlikda kompleks — Olimpiya shaharchasi bunyod etilmoqda. 

Shaharcha maydoni — 100 gektar. Bu yerda 10 ming o‘rinli yengil atletika va futbol stadioni, 6ta yopiq (asosiy stadion, velodrom, suv sporti saroyi, jamoaviy va yakkakurash turlari uchun 1tadan arena) va 13ta ochiq (chim ustida xokkey, sohil voleyboli, 3x3 basketbol, futzal uchun 2tadan arena, shuningdek, yengil atletika mashg‘ulotlari uchun maydon) inshootlar barpo etilmoqda.

Qurilish 2025 yilning boshida yakunlanishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: