Farg‘onada fuqaro 1,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Jamiyat 10:34 / 12.11.2023 19684

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi, “Hududgaz Farg‘ona” GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. 

O‘zbekiston tumanida yashovchi R.Yu. “Q.” MFYda hududidagi fuqaro M.A.ning uyining yordamchi xo‘jaligida ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulanib, jami 1,1 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: