Samarqandda qariyb yarim milliard so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
Issiqxona egasi loyiha-texnik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, gaz hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan.

Foto: Hududgazta’minot
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida «Hududgaz Samarqand» gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd jarayonida qonunbuzilish holati fosh etildi. Bu haqda «Hududgazta’minot» matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tumanning «Qozoqnayman» MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.A. xonadonida issiqxona tashkil qilib, loyiha-texnik hujjatlari rasmiylashtirmasdan, gaz hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilingan va 462,7 million so‘mlik zarar hisoblangan.
Noqonuniy holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Avvalroq Samarqandda 1,33 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona, shuningdek, Andijonda tabiiy gaz tarmog‘iga ma’nan eskirgan va nosoz hisoblagich o‘rnatib, 518 mln so‘mlik zarar yetkazgan choyxona aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

20:49 / 14.03.2025
Imom Moturidiy tavalludi keng nishonlanadi

16:13 / 14.03.2025
Tadbirkorlarga elektr va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi

16:41 / 12.03.2025
Samarqanddan uchgan samolyot dvigatelidagi nosozlik tufayli aeroportga qaytdi

12:30 / 06.03.2025