Raqobat qo‘mitasi raisining lavozimga loyiqligi ko‘rib chiqiladi

Iqtisodiyot 19:12 / 09.11.2023 24472

O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Shohrux Shorahmedov lavozimida ozod etilishi mumkin.

Prezident o‘tkazgan 9 noyabr kungi selektorda sut ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqildi. Sariyog‘ eksportiga cheklovni bekor qilish, sut yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha hukumatga topshiriq berildi.

Yirik chakana savdo tarmoqlarida sotilayotgan quruq va tabiiy sutdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni alohida belgilash amaliyotini joriy etish, ko‘chma go‘sht-sut shoxobchalarini tashkil qilish zarurligi ta’kidlandi.

Yirik savdo tarmoqlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratilmagani, ulardan mahsulot pulini olishdagi muammolar, aholida mahsulot sifati va narx-navosi bo‘yicha shikoyatlar ko‘pligi Raqobat qo‘mitasi faoliyatidagi jiddiy kamchiliklardan dalolat ekani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan qo‘mita raisi Sh.Shorahmedovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: