FLYMART – ko‘nglingizdagiday marketpleys

Jamiyat 15:19 / 08.11.2023 18527

Bozordan kerakli, sifatli va ishonchli mahsulotni qidirish, topish muammosiga barham berishni istaganlar talaygina. Ko‘ngildagi mahsulotni esa har bir sotuvchiga tushuntirib berish qiyin. FLYMART ana shu muammoga yechimni o‘ylab topgan.

FLYMART - bu turli xil iste’molchilar ehtiyojlari uchun keng turdagi tovarlar va xizmatlarni taklif qiluvchi yangi onlayn savdo platformasi. Unda barcha mahsulotlar: kiyim-kechak, poyabzal, elektronika, uy-ro‘zg‘or buyumlari, sport tovarlari, go‘zallik va salomatlik, avtomashinalar va boshqalar taqdim etiladi. Xo‘sh, bu qanday bozor?

Qulay foydalanish

FLYMART platformasi mijozlar uchun oddiylik va foydalanish qulayligiga qaratilgan holda ishlab chiqilgan. Intuitiv interfeys mahsulotlarni qidirish va sotib olishni osonlashtiradi. Ya’ni siz xarid qilishni istagan, sizni qiziqtirgan mahsulotni ko‘rsatadi.

Ilovada xavfsiz onlayn to‘lovlar kafolatlanadi, bu esa foydalanuvchilar uchun moliyaviy operatsiyalarning xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlaydi. Platforma ishonchli sotuvchilar va brendlar mahsulotlarini taqdim etishga intiladi, bu esa yuqori sifatli mahsulot va xizmatlarni ta’minlaydi. Mijozlarga mahsulotlarning tafsilotlari yuzasidan izohlar qoldirish imkoniyati yaratilgan.

Sodiqlik dasturlari va aksiyalari: FLYMART doimiy mijozlar uchun turli sodiqlik dasturlari, chegirmalar va aksiyalar taklif etadi, bu esa foydalanuvchilarni jalb qilish va saqlab qolishga yordam beradi.

Biznes uchun kerakli maydon

Yangi avlod onlayn bozorida savdo qilishni istaganlar uchun ham keng imkoniyatlar yaratilgan. Masalan, o‘z mahsulotlarini do‘konda sotish uchun ijara to‘lovi haqida qayg‘urish, ularni qayerda saqlashni o‘ylash, yoki ommaga qanday taqdim etishni o‘ylayotgan tadbirkorlar FLYMART bilan barchasiga ega bo‘lishi mumkin.

- Mahsulotlarni saqlash uchun bepul omborxona;

- FBS sxemasiga muvofiq ishlash uchun Billz, Woocommerce va OpenCart bilan integratsiya;

- Mahsulotlarni xaridorga tanishtirish uchun bepul fotostudiya xizmati mavjud.

Yangi marketpleys FBS (Fulfillment by Seller) tizimi asosida ish yuritadi. Ya’ni sotuvchining omborxonasi orqali ishlanadi. Buning uchun mahsulotni ko‘tarib, masofa bosib, vaqt sarflab u yerga borish shart emas. Shaxsiy kabinet orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘z mahsulotlarini bemalol sotish mumkin. Sotuvning holati haqidagi ma’lumotlar yangilanib, ko‘rinib turadi. Bu tadbirkor yoki ishlab chiqaruvchi uchun yengillik yaratadi.

FBO (Fulfillment by Operator) tizimi tadbirkorlar uchun qulay bo‘lib, mahsulotni o‘zingiz sotib olasiz, bozor talablariga muvofiq qadoqlaysiz va marketpleys omborxonasiga joylashtirasiz (barchasi onlayn tarzda!). Mahsulotlarni saytda joylashtirishda sizga operator yordam beradi. Bularning barchasi tadbirkorlar uchun oson va qulay usulda amalga oshiriladi.

FLYMART – keng imkoniyatlar

24/7 mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi orqali foydalanuvchilar istalgan vaqtda yordam, maslahat yoki muammolarni hal qilish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Platforma mahsulotlarni 24 soat ichida qo‘lingizga topshirishni ta’minlaydi va turli xil to‘lov imkoniyatlarini, shu jumladan onlayn to‘lovlar, yetkazib berishda naqd pul va boshqa qulay usullarni taklif etadi. Yetkazib berish xizmati bepul. FLYMART ayni paytda tajriba rejimida faqat Toshkent shahrida faoliyat yuritmoqda, kelgusida butun respublika bo‘ylab o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatadi.

FLYMART – kelajakda!

Platforma hozir sizning xohishingizga ko‘ra, kerakli mahsulotlarni taklif etayotgan bo‘lsa, kelgusida do‘stingizning qiziqishlarini hisobga olgan holda sovg‘a sotib olishni taklif etadi.

Kompaniya joriy yilning yakuniga qadar Toshkentda 3ta, 2024 yilning oxirigacha respublika bo‘ylab 100dan ortiq qabul qilish punktlarini ishga tushirishni rejalashtirgan. Shuningdek, bu bilan respublikaning barcha hududlariga yetkazib berish ham yo‘lga qo‘yiladi.

Ilova orqali sotuvchilar o‘z mahsulotlarini reklama qilishlari mumkin. O‘z navbatida bundan blogerlar uchun daromad topish imkoni paydo bo‘ladi.

Xaridlar uchun keshbeklar olish, muddatli to‘lov asosida xaridlarni yo‘lga qo‘yish ham FLYMART’ning asosiy rejalaridan o‘rin olgan.

Platforma IOS, Android uchun alohida versiyalarda ishlab chiqilgan.

Ilovani yuklab olish uchun: havolani bosing.

FLYMART’ning xususiyatlari, foydalanish shartlari va mavjud mahsulotlar, xizmatlar haqida batafsil rasmiy sahifalar orqali ma’lumot olish mumkin.

Website: flymart.uz

Telegram: flymartuz

Instagram: flymartuz

Facebook: flymartuz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: