Amerikaning SpaceX kompaniyasi 13 yanvar kuni Starship raketa tizimini yettinchi bor uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Space.com xabar berdi.
Qayd etilishicha, 112 metrli Starship raketa tizimi Janubiy Texasdagi kosmodromdan start oladi.
Starship’ning 50 metrga yetadigan Ship nomli yuqori qismi oldingi uchta parvozda bo‘lgani kabi Hind okeaniga qo‘nishni amalga oshiradi. SpaceX, shuningdek, yettinchi missiya doirasida yangi darajaga chiqishga ham urinmoqda.
Tarixda birinchi marta Ship 10 ta sun’iy yo‘ldosh maketi ko‘rinishidagi foydali yukni kosmosga olib chiqadi — ular Starlink sun’iy yo‘ldoshlari kabi og‘irlik va o‘lchamga ega.
Kompaniyaning hisoblashicha, Starship 40 mingdan ortiq kosmik apparatni o‘z ichiga oladigan ulkan sun’iy yo‘ldoshlar «yulduzlar turkumini»ni yakunlashga xizmat qiladi.
Starship loyihasi ommaga 2019 yilda namoyish etilgan. Starship hozirgacha qurilgan eng qudratli va eng baland kosmik kema bo‘lib, 150 tonnagacha yukni ko‘tarishga qodir. Raketa tizimi ikki qismdan iborat: 33 dvigatelli Super Heavy raketasi va Starship kemasi. Starship Yer orbitasidan tashqariga, Oy va Marsga uchish uchun mo‘ljallangan.
Bunga qadar Starship olti marotaba uchirilgan, ammo sinovlarning faqat ikkitasi — 2024 yil mart, iyun, oktyabr va noyabrdagisi muvaffaqiyatli yakunlangan.