YouTube foydalanuvchilar uchun yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda 

Fan-texnika 21:22 / 07.11.2023 50703

YouTube o‘z ilovasida foydalanuvchilarni nima ko‘rishni bilmay qolganda tasodifiy videoga yo‘naltiruvchi yangi «Play something» tugmasini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda The Verge xabar berdi. 

Ilovaning asosiy sahifasidagi videolar lentasi ko‘zdan kechirilayotganda «Play something» tugmasi paydo bo‘ladi. U foydalanuvchini qisqa videolarga ham, oddiy videolarga ham yo‘naltiradi. 

Ta’kidlashicha, YouTube tasodifiy videolarni tanlashda foydalanuvchining tomosha tarixini hisobga oladimi yoki yo‘qmi, shuningdek, servis bu funksiyani qanchalik keng joriy etayotgani noaniqligicha qolmoqda. 

YouTube tarmog‘iga egalik qiluvchi Google yangi funksiyaning paydo bo‘lishi mumkinligi haqida hali izoh bermadi. 

«Play something» tugmasi paydo bo‘lishini birinchi marta Reddit foydalanuvchilari shu yilning may oyida payqashgan edi. Xuddi shunday tugma Netflix platformasida ham bor bo‘lib, xizmat 2021 yilda ishga tushirilgan. Uni bosgandan so‘ng, foydalanuvchiga tasodifiy ko‘rsatuvlar va filmlar taklif etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: