Tesla 25 ming yevroga «hamyonbop» elektromobil ishlab chiqaradi - OAV

Fan-texnika 23:13 / 06.11.2023 50340

Amerikaning Tesla kompaniyasi Berlin yaqinidagi Gigafactory zavodida narxi taxminan 25 ming yevro bo‘lgan yangi «hamyonbop» elektromobil ishlab chiqaradi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Ishlab chiqarish qachon boshlanishi aniq emas. Tesla bu xabarga izoh berishdan bosh tortdi. 

Hozir bu zavodda Yevropadagi eng xaridorgir Model Y ishlab chiqarilmoqda. Uning Yevropadagi o‘rtacha chakana narxi 65 ming yevrodan oshadi, Xitoyda esa kamroq – 31 ming yevro. 

Reuters nashrining ta’kidlashicha, Tesla asoschisi Ilon Mask anchadan beri arzonroq elektromobil yaratishni rejalashtirgan, biroq 2022 yilda u texnologiya hali o‘zlashtirmaganini aytib, bu g‘oyani keyinga qoldirgan edi. 

Tesla arzon elektromobil orqali 2030 yilgacha bozordagi ulushini 20 millionga yetkazishni maqsad qilgani aytilmoqda. 

TAdviser ma’lumotlariga ko‘ra, Tesla 2022 yilda elektromobillar savdosi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egallab, taxminan 1,3 million avtomobilni sotgan. Kompaniyaning global ulushi taxminan 10,3 foizni tashkil etdi. 

2023 yilda Tesla elektromobillar ishlab chiqarishni 2 million donaga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu kompaniyaning bozordagi ulushini 12-13 foizgacha oshirish imkonini beradi. 

Ko‘proq yangiliklar: