Olib kelingan elektromobillarning umumiy qiymati 582,3 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan import hajmi 6 barobardan yuqori o‘sgan.
Xitoy eng ko‘p elektromobil import qilingan mamlakat sifatida yetakchilikni saqlab qolmoqda. O‘tgan 10 oyda ushbu mamlakatdan jami 20 642 dona (91,foiz) elektromobil olib kelingan.
Shuningdek, Hongkongdan 1258 dona, Birlashgan Arab Amirliklaridan 147 dona elektromobil import qilingan. Janubiy Koreya va AQShdan mos ravishda 136 hamda 134 dona elektromobil olib kelingan.