Ota-onasini tinglashni xohlamaydigan bola bilan qanday muloqot qilish kerak – psixolog tavsiyalari

Jamiyat 09:03 / 02.11.2023 21567

Nega bolalar ota-onalarini eshitmaydilar?

  • Ota-onalar farzandining hamma narsani birdaniga bajarishini xohlashadi. Lekin bu mumkin emas. Hatto kattalar ham bunga doimo amal qila olishmaydi. Bunday paytda ota-onalar tarafidan yo‘l qo‘yiladigan eng katta xato darhol baqirishni boshlashdir. Bolaning ruhiyati baland ovozga bardosh bera olmaydi va bu holat doimiy bo‘lsa, u o‘zini himoya qilishga intiladi.
  • Bolalar ota-onalari ulardan nimani xohlashlarini tushunmaydilar. Garchi ular faol va passiv so‘z boyligini rivojlantirsalar ham, miya faqat bir bo‘g‘inli jumlalarni qayta ishlay oladi. Masalan,  “Menga bir piyola suv olib kelgin. Uni stolga qo‘yib qo‘y”. Bola suvni olib kelishi mumkin, ammo uni stolga emas, qo‘lingizga tutqazadi. Sababi ko‘p holatlarda kattalar murakkab jumlalardan foydalanishadi.

  • “Zinadan ehtiyot bo‘lib tush. O‘tgan safar yiqilib, oyog‘ing og‘riganligi esingda bo‘lsa kerak?“ Bularning barchasi baland ovozda talaffuz qilinadi. Bu paytda bola atayin ota-onasiga quloq solmayapti deb o‘ylash xato, aksincha, bolaning miyasi bu ma’lumotni fiziologik sabablarga ko‘ra qayta ishlay olmaydi.
  • Bola ham o‘z “ishi” bilan band. Ha, bolalarning ham o‘z yumushlari bor: o‘ynash, biror narsa tomosha qilish. Ularning e’tibori ota-onalari istagan narsaga emas, balki o‘zi qiziqqan jihatga qaratiladi.
  • Agar kattalar biror ish buyursa va bolaning harakatlanishini kutmasdan, buni o‘zi bajarsa, bola buni qilish kerak emasligini tushunadi. “Onam so‘raydi, so‘raydi va oxiri buni o‘zi bajaradi”, degan tushuncha shakllanadi.

Bola sizni tinglashi uchun nima qilish kerak?

· Ko‘z ko‘zga tushib tursin. Farzandingizga biror narsa aytganda, siz u bilan bir xil darajada turishingiz kerak. Agar bu kichik yoshdagi bola bo‘lsa, unda tizzalab oling. Agar bu o‘smir bo‘lsa, unda siz uni divanga o‘tirg‘izing va yoniga o‘tirishga harakat qiling. Shundagina siz ular bilan bir xil darajada bo‘lasiz. Bu e’tiborni bevosita aytilajak xabarga qaratishga yordam beradi. Voyaga etgan bola o‘z e’tiborini mustaqil ravishda suhbatga qaratishi mumkin, ammo kichik bola kattalarning yordamiga muhtoj. Ota-onalarning vazifasi birinchi navbatda uning e’tiborini jalb qilish va shundan keyingina biror narsani aytishdir.

  • Yetti marta ayting. Kattalarning xotirjam va mehribon gapirishi juda muhimdir. Agar siz biror taqiq haqida gapiradigan bo‘lsangiz, unda qattiq gapirishingiz kerak, lekin baqirish yaramaydi. Aks holda norozilik reaksiyasi kuzatiladi. Bolalarga murojaat qilishning qoidasi bor: uning eshitishi va bajarishi uchun yetti marta takrorlash kerak. Bu yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli.
  • Oldindan gapiring. Agar ota-onalar farzandi soat 21:00 ga qadar biror yumushni bajarishini xohlashsa, u holda bu haqda 20:30 dan boshlab takrorlash yaxshidir. Siz aytilgan topshiriqni bir zumda bajarilishini kutmasligingiz zarur, chunki bola o‘z faoliyatini tugatishi kerak. To‘rt yoshgacha bo‘lgan bola o‘z vazifasini mustaqil bajara olmaydi, chunki u hali o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirmagan va u kattalarning yordamiga muhtoj. Besh-yetti yoshli bolalar mustaqil biror ishni bajarishi mumkin, ammo ular hali vaqtni bilmasligini hisobga olish kerak.
  • Bolani ham eshitishni o‘rganing. Bola kattalarga quloq solishi uchun ular ham tinglanishi kerak. Ota-onalar farzandlari bilan hissiy aloqada bo‘lishlari uchun ular bilan gaplashishlari muhimdir. Boshqasini eshitish - bu o‘z e’tiborini boshqarish, boshqasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni qayta ishlash va o‘z xatti-harakatlarini tartibga solish qobiliyatini o‘z ichiga olgan butun mahoratdir.

Chaqaloq bilan qanday gaplashish kerak?

Ba’zida chaqaloqlar hamma narsani eshitadiganga o‘xshaydi. Bu ota-onalarga bola bilan hissiy aloqani shakllantirishga imkon beradi: biri tabassum qiladi, ikkinchisi uning tabassumiga javob qaytaradi. Hissiy aloqa hissiyotlar bilan boyitilgan o‘zaro ta’sirni o‘z ichiga oladi. Agar chaqaloq go‘daklik davrida ko‘proq ijobiy his-tuyg‘ularni boshdan kechirsa, bu unga ijobiy ta’sir qiladi. Bunday paytda onaning chaqaloqning ko‘ziga qarashi juda muhimdir.

2-3 yoshli bola bilan qanday gaplashish kerak?

Bu davrda bola o‘jar, injiq va norozi bo‘lib qoladi. Ushbu fazilatlar bu davr uchun tabiiydir. Kattalar muloqot qilishda bularni hisobga olishlari kerak. Ota-onalar bolaga nisbatan barqaror bo‘lishlari, baqirmaslikka harakat qilishlari va itoatsizlik uchun bolani jazolamasliklari muhimdir.

4 yosh va undan katta bolalar bilan muloqot qilish qoidalari

Bu yoshga kelib bola ongi shakllangan va tashqi ta’sirlarga ancha sezgir bo‘lib qoladi. Muloqot jarayonida biroz faollashadi. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, aynan shu yoshdan boshlab, ularda ham o‘z “men”i shakllana boradi va siz ham uning talablarini imkon doirasida bajarishga intilishingiz lozim.

Maxsuma Oqqo‘ziyeva tayyorladi.

Ko‘proq yangiliklar: