Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yilda ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdorini oshirish rejalashtirilgan
Kelgusi yilda budjetdan ish haqi va pensiya uchun 220,7 trillion so‘m ajratilishi reja qilingan. Bu joriy yildagi ko‘rsatkichdan 19,6 foizga ko‘p.

Foto: Kun.uz
2024 yilda ham budjet xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdorini oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan davlat budjeti loyihasida keltirib o‘tilgan.
Qayd etilishicha, kelgusi yilda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar 20,6 foizga oshirilib, 130,6 trillion so‘mdan 157,57 trillion so‘mga yetkaziladi. Bu 2024 yildagi umumiy davlat budjeti xarajatining 50,4 foizini tashkil etadi.
Shuningdek, pensiyalarni oshirish uchun qo‘shimcha 9,28 trillion so‘m (joriy yilga nisbatan 17,2 foizga ko‘p) yoki umumiy hisobda 63,13 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Hujjatda keltirilishicha, joriy yil oxirigacha shakllangan inflatsiya miqdori yil davomida budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va pensiya miqdorlarining oshirilgan foizlaridan yuqori bo‘lgan taqdirda, kelgusi moliya yilining yanvar oyidan ish haqi va pensiyalarni ushbu foizlarga oshirish orqali kompensatsiya qilish tartibi joriy etiladi.
Ma’lumot uchun, 1 apreldan pensiyalar va nafaqalar miqdori, 1 maydan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 7 foizga oshirilgandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
-
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem
Jahon | 11:51
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:42
Mavzuga oid

11:28 / 03.06.2025
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi

16:09 / 13.05.2025
«El-yurt umidi» prezident stipendiyasi joriy etiladi

16:58 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar

00:23 / 17.02.2025