Tay-chi jang san’ati Parkinson kasalligi alomatlarini bir necha yilga sekinlashtiradi - tadqiqot

Jamiyat 14:41 / 01.11.2023 15921

Parkinson kasalligi qaltirash va sekin harakatlanishni boshlash kasalligi bo‘lib, uni davolash imkonsiz. Xitoylik tadqiqotchilar jismoniy mashqlar bu kasallikni sekinlashtirish haqidagi tadqiqotlarni tasdiqlab, tay-chi jang san’ati kasallik alomatlari boshlanishini sekinlashtirishini aniqladi.

Tadqiqot Shanxay Jiao Tong universiteti tibbiyot fakulteti tomonidan olib borilgan. Unda 5 yil davomida Parkinson bilan kasallangan yuzlab bemorlarning salomatligi kuzatilgan.

Tay-chi bilan shug‘ullanadigan 147 kishidan iborat bir guruh va bu mashqlarni bajarmaydigan 187 kishidan iborat guruhlar o‘rganilgan. Sekin harakatlarga asoslangan xitoycha mashqlar chuqur nafas olish, o‘zni erkin qo‘yish bilan uyg‘unlikda bajariladi.

Natijalarga ko‘ra, tay-chi bilan shug‘ullanganlarda Parkinson sekin rivojlangan. Shuningdek, ularda bel og‘rig‘i, muvozanatni saqlay olmaslik, bosh aylanishi, xotira va konsentratsiya muammolari ham boshqa guruhga qaraganda kamroq bo‘lgan. Uyqu va yashash sifati yaxshilangan.

Buyuk Britaniya Parkinson xayriya tashkiloti tay-chini kayfiyatni ko‘taradi va yaxshi yashashga yordam beradigan past intensivlikdagi jismoniy faoliyat deb ataydi.

Tadqiqot davomida yaxshi o‘zgarishlar kuzatilganiga qaramay, Journal of Neurology Neurosurgery & Psychiatry jurnalida bu tadqiqot nisbatan kichik guruhda olib borilgani sabab tay-chi Parkinsondan yaxshi himoya qiladi deb uzil-kesil aytib bo‘lmaydi. Umuman o‘zi qaysi mashqlar Parkinsonni sekinlashtirishi yoki ijobiy ta’sir qilishini aniq aytish uchun ko‘proq tadqiqotlarga ehtiyoj bor.

Tay-chi mustaqil qanday bajariladi?

Oyni ushlab turish usuli

Bunda qo‘lingizni xuddi oyni ko‘tarib turgandek tuting. Nafas olib tanangizning beldan tepa qismini chapga buring. Yelkalar bo‘shashtirilgan va tirsaklar biroz egilgan holatga kiring. Nafas oling, qo‘llaringizni pastga tushiring. Va xuddi shu harakatni o‘ng tomonga qarab takrorlang. 

Belni burish va kaftlarni surish usuli

Nafas oling, kaftlaringizni beldan yuqoriga qaratib torting. Nafas chiqaring, tananing beldan tepa qismini chapga buring. Chap tirsak va bilakni bir oz egib turing va tirsakni orqaga torting. Va xuddi shu paytda o‘ng qo‘lni oldinga cho‘zing va o‘ng kaftingizni ochib oldinga qarating (xuddi kimnidir sizga yaqinlashishdan to‘xtatib qoladigandek holatda).

Keyin yana nafas oling, o‘rtaga qayting va shu mashqlarni teskari, ya’ni o‘ng tomonga qarab yana takrorlang. 

Ko‘proq yangiliklar: