2023 yilning oktyabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o‘rtacha 1 foizga oshgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning oktyabr oyida iste’mol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,3 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 1 foizga va aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgani kuzatilgan.
Ma’lum qilinishicha, iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 9 foizga yetdi.
Yil boshidan buyon iste’mol sektoridagi narxlar indeksi o‘rtacha 6,2 foizga o‘sgan.