Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zavtosanoat”ning ikkita kompaniyasi inomarka sotib oldi
“Avtosanoat invest” va UzAuto Passenger Vehicles Management kompaniyalari BYD Chazor va BYD Song Plus avtomobillarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan. 100 foiz ulushi “O‘zavtosanoat”ga tegishli bu ikki kompaniya ikkita elektromobil xaridi uchun 738 mln so‘mdan ko‘proq mablag‘ sarflayapti.

BYD Chazor / Foto: BYD
“Avtosanoat invest” MChJ 2023 yil 29 avgust kuni BYD Uzbekistan factory bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzib, 294 mln so‘mga oq rangli “BYD Chazor Flagship” avtomobiliga buyurtma bergan.
Xitoydan import qilinuvchi bu mashina nima maqsadda sotib olinganiga aniqlik kiritilmagan.
Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestriga ko‘ra, “Avtosanoat invest” MChJ 2008 yil 18 fevralda Toshkentda ro‘yxatga olingan. Joriy ustav fondi – 13,4 mlrd so‘m. Faoliyat yo‘nalishi – avtomobillar va yengil motorli transport vositalarining ulgurji savdosi. Kompaniyaning 100 foizlik ulushi – “O‘zavtosanoat” AJga tegishli. Rahbari sifatida Bobojonov Qodirjon Abdurahimovich ko‘rsatilgan.
Sodda qilib aytganda, “Avtosanoat invest” UzAuto'ning hududlardagi dilerlik markazlari va avtosalonlarini nazorat qiluvchi tuzilmasi hisoblanadi.
Yana bir holatda “UzAuto Passenger Vehicles Management” MChJ Astana Motors Company bilan 444 mln 526 ming so‘mga qora rangli BYD Song Plus sotib olish bo‘yicha shartnoma qilgan. Bu holatda ham avtomobil nima maqsadda xarid qilinayotganiga aniqlik kiritilmagan.
“UzAuto Passenger Vehicles Management” MChJ 2020 yilning 19 iyun kuni tashkil etilgan. Joriy ustav fondi – 1,3 mlrd so‘m. Faoliyat yo‘nalishi – tijorat faoliyati va boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahat berish. Kompaniyaning 100 foizlik ulushi – “O‘zavtosanoat” AJga tegishli. Rahbari sifatida Axunov Baxrom Baxtiyorovich ko‘rsatilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

14:22 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi

16:31 / 10.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

21:14 / 09.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasining shvetsiyalik sobiq rahbari yangi ish topdi

18:45 / 27.12.2024