Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimidan ketdi
U bu lavozimda 2022 yil avgustidan buyon ishlab kelayotgandi.

Foto: Kun.uz
Aziz Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimini tark etdi. Bu haqdagi ma’lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.
Ayni vaqtda uning ketishi sababi ma’lum emas. Bu iste’fo so‘nggi vaqtlarda fermerlarning paxta narxlari bo‘yicha shikoyatlari ko‘payishi ortidan ro‘y bermoqda.
Aziz Voitov 1980 yilda tug‘ilgan, Toshkent moliya institutini «Soliq va soliqqa tortish» mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan (2001) hamda Oliy ishbilarmonlik maktabida «Biznes boshqaruvi» bo‘yicha tahsil olgan (2010).
Voitov o‘z vaqtida «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATB boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan. 2020 yil martidan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining (o‘sha vaqtda Sardor Umrzoqov) birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan, 2022 yil avgust oyidan buyon qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo hokimlik bu haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirib, xabarlarni rad etgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 10:53
-
Zelenskiy Shmixalni Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga taklif qildi
Jahon | 10:21
-
“Huquq savollari darslikdan tushmadi” – abituriyentlar. Imtihonning birinchi kuni qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 10:20
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
Mavzuga oid

07:55 / 10.07.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun imtiyozli mablag‘ ajratiladi

10:27 / 09.07.2025
Ekinlar urug‘liklarining sifatini baholash tizimi isloh qilinadi

12:36 / 08.07.2025
Jizzaxda qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 40 foizida ekin ekilayotgani ma’lum bo‘ldi

12:34 / 08.07.2025