Angliya va «MYu» afsonasi Bobbi Charlton vafot etdi

Sport 20:32 / 21.10.2023 20850

Angliya milliy jamoasi hamda «Manchester Yunayted» klubi afsonasi ser Bobbi Charlton bugun, 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

«Chuqur qayg‘u bilan shuni ma’lum qilamizki, ser Bobbi shanba kuni ertalab hayotdan ko‘z yumdi», - deyiladi «MYu» xabarida.

«Manchester Yunayted» klubi va Angliya milliy jamoasi hujumchisi bo‘lgan Bobbi Charlton 1966 yil jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Aynan o‘sha yil «Oltin to‘p» sohibiga ham aylangan.

Ser Bobbi Charlton 1958 yil Myunxen aviafojyeasida «Manchester Yunayted»ning tirik qolgan o‘yinchilaridan biri edi. 

Charlton «MYu» safida 1956 yildan 1973 yilga qadar to‘p surib, 758 o‘yinda 249ta gol muallifiga aylangan.  U manchesterliklar tarkibida 3 karra Angliya chempioni, Angliya kubogi, Yevropa chempionlari kubogi hamda to‘rt marta Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Ko‘proq yangiliklar: