Samarqandda 3 nafar farzandini o‘ldirgan erkak umrbod qamoq jazosini oldi

Jamiyat 17:24 / 20.10.2023 30759

Avvalroq Samarqand viloyatida 36 yoshli erkak 3 nafar voyaga yetmagan farzandini (2 qiz va 1 o‘g‘il) oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.

Ish jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudida ko‘rib chiqilgan va erkakka hukm o‘qilgan. Bu haqda «Yoshlar» telekanalining «Yangi davr» dasturida xabar qilindi.

Erkak sudda qotillikka Isroil davlatida ishlab kelayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik sabab bo‘lganini, shunda jahli chiqib avval bolalarini, so‘ng o‘zini pichoqlaganini aytgan.

 Sud hukmiga ko‘ra, erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a», «v» va «j» bandlari (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi, ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirish) bilan aybli deb topilgan. Unga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Ko‘proq yangiliklar: