Qozoqlar yana mo‘jiza ko‘rsatdi, Italiya yana yirik turnirdan qolib ketishi mumkin. Yevro saralashi o‘yinlari

Sport 18:38 / 18.10.2023 40378

H guruhi

Qozog‘istonliklar Finlandiya maydonida iroda ko‘rsatib, Yevroga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma uchun imkon saqlab qoldi.

Finlandiya – Qozog‘iston 1:2
Gollar:
1:0 – 28 Teylor, 1:1 – 77, penalti Zaynutdinov, 1:2 – 89 Zaynutdinov.
Finlandiya – Gradetski, Alxo (Soyri, 88), Yyensen (Uronen, 88), Xoskonen, Ivanov, Teylor (Chellman, 77), Kamara, Kayrinen, Xokans, Pukki (Forss, 77), Poxyanpalo.
Qozog‘iston – Shatskiy, Kairov (Skvorsov, 85), Bistrov (Yerlanov, 88), Marochkin, Alip, Vorogovskiy, Beysebekov (Kuat, 55), Tagibergen (Tapalov, 86), Baxtiyor Zaynutdinov, Orazov, Samorodov (Aymbetov, 85).
Ogohlantirishlar: Marochkin (27), Ivanov (72), Samorodov (79), Kuat (81), Skvorsov (90), Orazov (90), Beysebekov (90).

Sentyabr oyida uyda Finlandiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:1) keyin Qozog‘iston milliy jamoasi bosh murabbiyi Magomed Adiyev «SE» uchun bergan intervyusida jamoasi bosim ostida qolganini aytgandi: «O‘ylaymanki, barcha biz endi boshqa darajaga chiqqanimiz va turnir jadvali yetakchilari qatorida qolishimiz mumkinligini tushunib turibdi. Bu yigitlarni ham ma’lum ma’noda cheklab qo‘ydi. Biz yomon o‘ynadik demayman, ammo finnlarga qarshi muhim o‘yinda o‘z salohiyatimizni namoyish eta olmadik».

U jamoasi keyingi turlarda Kopenhagen va Helsinkida bo‘ladigan o‘yinlarda ochkosiz qaytishga haqli emasligini ta’kidlagandi. O‘tgan turda Daniyada mag‘lubiyatga uchralgani tufayli endi to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma uchun imkoniyat faqat Finlandiya poytaxtida g‘alaba qozonish orqali saqlanib qolardi. 

Finlandiya ham oktyabrdagi oldingi turda o‘z uyida Sloveniyaga yutqazgandi. Shunday ekan, ikki jamoa ham o‘zaro uchrashuvga bir xil holat va kayfiyatda yetib keldi — ikki jamoa ham ikki raqobatchini to‘rt ochko oldinga o‘tkazib yuborgandi. Bu o‘yinda hech kimga durang kerak emasdi, yutqazgan tomon esa, katta ehtimol bilan final bosqichiga chiqish imkoniyatini yo‘qotardi.

Finnlar o‘yinni mezbonlarga xos tarzda boshladi. To‘pga egalik qilishdi va raqibni jarima maydoni ichiga qamay boshladi. Adiyev Kopenhagenda mag‘lub bo‘lgan jamoa tarkibini deyarli o‘zgartirmagandi. Sxemani ham. Odatdagi kabi uch markaziy himoyachi bilan o‘yin boshlandi va finnlar bunga tayyor edi. 13-daqiqada ularda gol urish uchun ilk imkoniyat yuzaga keldi. Pukkining zarbasidan keyin burchak to‘pi ishlandi — to‘p o‘yinga kiritildi va Poxyanpaloga yetkazib berildi. Hujumchi qaychi uslubida yo‘llagan zarba ustun yonidan o‘tib ketdi.

27-daqiqada Finlandiya darvozadan taxminan 30 metr masofadan jarima zarbasi ijro etish huquqiga ega bo‘ldi. To‘pga Leo Messining «Inter Mayami»dagi jamoadoshi Robert Teylor yaqinlashdi va to‘pni to‘g‘ri darvoza to‘riga yo‘lladi. To‘p qaytarib bo‘lmas darajada yo‘nalmagandi, ammo Shatskiy unga yeta olmadi.

Shundan keyin Qozog‘iston uzoq vaqt o‘yinga qayta olmadi. Birinchi bo‘lim oxirigacha finnlar to‘p va hududlarga egalik qilishda davom etib, yana bir qancha vaziyatlarga ega bo‘ldi, ammo hisob o‘zgarmay qoldi.

Adiyev tanaffusda tarkibda o‘zgarishlar qilmadi va jamoa o‘yinida ham o‘zgarishlar kuzatilmadi. Finlandiya to‘pni ataylab raqibga topshirdi, ammo Qozog‘iston tom ma’noda u bilan nima qilishni bilmasdi.

Faqat ikkinchi bo‘limning dastlabki o‘n daqiqasi o‘tganidan keyingina o‘yinni qayta qurish jarayoni yakunlandi va vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Minimal hisob qoniqtiradigan finnlar esa o‘yinni barqarorlashtirish haqida o‘ylardi, ammo mehmonlar aql bovar qilmas xarakter ko‘rsatishdi. Avvaliga Tagibergen 40 metr masofadan zarba yo‘llab, to‘sinni titratgan holda o‘zini eslatdi. Keyin esa tasodifiy holat yordam berdi. Jarima maydoni ichidagi oddiydek ko‘ringan holatda hakam o‘yinni to‘xtatdi, birozdan keyin monitorga yo‘l oldi. Marochkinning zarbasidan keyin to‘p Yyensenning qo‘liga tekkani oydinlashdi — bu penalti edi. Zaynutdinov to‘pga yaqinlashtirdi va sovuqqonlik bilan darvoza markaziga zarba yo‘lladi.

Mezbonlar bosh murabbiyi darhol bir necha almashtirishlar amalga oshirdi. Ammo u futbolchilarini oldinga chorlayotgan mahalda qozog‘istonliklar ikkinchi golni urishdi. Yana Baxtiyor Zaynutdinov darvozani ishg‘ol etdi. Endi ushbu yarimhimoyachi — milliy jamoadagi eng yaxshi to‘purar.

Qozog‘iston ochkolari sonini 15 taga yetkazdi. Endi barchasi ularning o‘z qo‘lida. Noyabrda San-Marino va Sloveniyaga qarshi o‘yinlar bo‘ladi. Yevro-2024 uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llamadan birini olish imkoniyati saqlanib qolmoqda.

San-Marino — Daniya 1:2
Gollar:
Golinuchchi (61) — Hoylund (42), Poulsen (70).
San-Marino – Benedettini, D`Addario (Kapikkoni, 55), Chevoli (Vitayoli, 74), Fabbri (Franchozi, 88), Rossi, Tozi, Golinuchchi, Mularoni, Battistini (Battistini, 56), Ladzari (Di Mayo, 75), Nanni.
Daniya – Shmeyhel, Yyelert (Skov, 62), Kiyer, Andersen, Mele, Eriksen, Nyorgor, Hyoyberg, Lindstrem (Poulsen, 62), Darami (Vind, 62), Hoylund.
Ogohlantirishlar: Andersen (65), Fabbri (70), Kapikkoni (83), Di Mayo (88), Mularoni (90).

Daniya San-Marinoga uch ochkoni osonlik bilan qo‘lga kiritish uchun kelgandi. Lekin golni 42-daqiqagacha kutishga to‘g‘ri keldi. Bo‘lim oxirlaganda Hoylund nooddiy qaror qabul qilib, o‘tkir burchakdan to‘sin ostiga zarba yo‘lladi. Shundan keyin ko‘pchilik bu o‘yin masalasi hal bo‘lgani haqida o‘ylay boshlagandi.

Ammo seshanba oqshomida San-Marinoda yubiley edi va milliy jamoaning 200-o‘yinida 29-gol urildi. Bunda daniyalik faxriy futbolchilar ham yordam berib yuborishdi. Avvaliga to‘pga chiqishda Shmeyhel qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi, ammo unga Kiyer yordamga kelib, bo‘sh darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qaytarib yubordi. Ammo burchak zarbasi amalga oshirilganida u to‘pga o‘rinsiz tegindi va darvozabonni ilojsiz holatda qoldirdi. Daniyani sharmandalikdan Poulsen qutqardi. Shu kuni milliy jamoadagi 130-o‘yinida maydonga tushgan va Peter Shmeyhelning rekordini yangilagan Kiyer ushbu hujumchidan minnatdor bo‘lishi kerak.

Shimoliy Irlandiya — Sloveniya 0:1
Gol:
Gnezda-Cherin (5). 
Shimoliy Irlandiya – Pikok-Farrell, Hyum, Evans, Toul, Lyuis, Tompson (Prays, 63), Layons (Makmenamin, 86), Charlz, Smit (Charlz, 63), Majyennis (Uoshington, 46), Teylor (Sevill, 62).
Sloveniya – Oblak, Stoyanovich, Karnichnik, Blajich, Biyol, Yanja (Verbich, 84), Gnezda-Cherin, Elshnik, Shporar (Kurtich, 76), Sheshko, Mlakar (Lovrich, 75).
Ogohlantirishlar: Charlz (4), Elshnik (37), Shporar (56), Tompson (59), Smit (60), Evans (87).
Chetlatish: Charlz (58).

Belfastda esa, aksincha, guruh yetakchilaridan birini og‘ir o‘yin kutayotgani taxmin qilingandi. Ammo slovenlar tezkor gol urib, o‘z vazifasini osonlashtirib oldi. Cherin jarima zarbasini ajoyib ijro etdi, Pikok-Farrell esa yaqin burchagidan to‘p o‘tkazib yubordi. Keyin himoyachilar ham qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi— faqat VAR ofsayd qayd etdi va Sheshkoning goli bekor qilindi.

Mezbonlar esa bunga javoban hech narsa taklif qila olishmadi. Qolaversa, 58-daqiqadagi chetlatish ularning vazifasini yanada qiyinlashtirib yubordi. Umuman olganda, raqobatchilar Qozog‘istonga sovg‘a qilishmadi. Ammo noyabrdagi turlarning birinchisida Daniya va Sloveniya o‘zaro o‘ynaydi va jamoalardan kamida bittasi ochko yo‘qotishi muqarrar. Qozog‘istonliklar esa avval San-Marinoni qabul qiladi, keyin esa Sloveniyaga safar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

17 noyabr. Qozog‘iston – San-Marino, Finlandiya – Shimoliy Irlandiya, Daniya – Sloveniya;
20 noyabr. Shimoliy Irlandiya – Daniya, San-Marino – Finlandiya, Sloveniya – Qozog‘iston.

C guruhi

Angliya — Italiya 3:1
Gollar:
Keyn (32 penalti, 77), Reshford (57) — Skamakka (15). 
Angliya – Pikford, Uoker, Maguayr, Stounz (Geyi, 63), Trippiyer, Fillips (Henderson, 70), Rays, Foden, Bellinghem (Grilish, 85), Keyn, Reshford.
Italiya – Donnarumma, Di Lorenso, Acherbi (Bastoni, 63), Skalvini, Udodji (Dimarko, 63), Orsolini, Kristante, Barella, Frattezi, Al-Sha’roviy, Berardi (Raspadori, 78), Skamakka (Ken, 63).
Ogohlantirishlar: Fillips (9), Udodji (10), Di Lorenso (30), Skalvini (65).

Xalqaro o‘yinlar boshlanishi arafasida Italiyada mojaro boshlandi. Jurnalist Fabritsio Korona mahalliy nashrlar bilan birgalikda o‘yinlar natijalariga pul tikuvchi futbolchilar uchun ov boshladi. «Skuadra adzurra»ning ikki futbolchisi — Sandro Tonali va Nikolo Dzaniolo ham bu ishga aralashgan. Ular noqonuniy platformalarda pul tikishganini tan olgan, Sandroning agenti esa o‘z mijozi ludomaniyaga (futbol qimorbozligi) chalinganini tan olgan.

Angliyaliklarda esa barchasi joyida. Faqat Lyuk Shou noyabrgacha safga qayta olmaydi. Garet Sautgeytning boshqa barcha sevimli futbolchilari Italiya bilan o‘yin startida chiqishdi: Maguayrga ham, Pikford va Fillipsga ham joy topildi.

Turnir jadvalidagi vaziyat quyidagicha edi: Angliyada 16 ochko va birinchi o‘rin, 10 ochkoga ega italyanlar esa ikkinchi o‘rinni Ukraina bilan bo‘lishib turgandi.

Angliya startdayoq bosim uyushtirishni boshladi: avvaliga Reshford jarimadan yo‘llangan zarbasi bilan Donnarummani sinab ko‘rdi, keyin esa Keyn italiyalik golkiperga pressing uyushtirdi — u xavfli harakat qilib, raqibni aldashga kirishdi va to‘pni oldirib qo‘yishiga bir baxya qoldi. Ammo ko‘p o‘tmay mehmonlar golli hujum uyushtirishdi: italyanlar qisqa uzatmalar bilan hujumga chiqib ketishdi, Di Lorenso to‘pni qanotdan darvozabon hududiga yetkazib berdi, u yerda esa Skamakka darvozani ishg‘ol qildi. Birinchi o‘ylangan hujum — va darhol gol.

Bir necha daqiqa o‘tib Di Lorenso yana bir gol tashkillashtirdi, ammo bu safar raqib uchun. Keyn Bellinghem jarima maydoniga kirishini kutib, to‘pni o‘zida ushlab turdi va kerakli vaqtda sherigini to‘p bilan ta’minladi, Jovanni esa uni yiqitdi. Epizod videotakror orqali tekshirilgach, Harriga 11 metrdan zarba ijro etish huquqi berildi, hujumchi uyaltirmadi — darvozabonga imkon qoldirmasdan, darvozaning yuqori o‘ng burchagini aniq nishonga oldi.

Bo‘limning qolgan vaqtida hisob o‘zgarmadi. Berardi jarima maydoniga yorib kirdi va uzoq burchakni nishonga olib to‘pni tepdi, ammo Maguayr zarbani o‘ziga qabul qildi. Stounz ham himoyadagi sherigidan ortda qolmasdan, Frattezining jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan kuchli zarbasini to‘sdi, bo‘lim oxirida italiyaliklarning ikki qanot himoyachilari ketma-ket zarba yo‘lladi: ammo inglizlar Udojining ham, Di Lorensoning ham zarbalarini bartaraf etishdi.

Tanaffusdan keyin esa inglizlar katta kuch bilan oldinga tashlandi. 57-daqiqada Reshford o‘tgan mavsumdagi konspektlarini eslab qoldi va o‘z uslubida qanotdan markazga ko‘chib, Donnarummaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi, Jiji qutqara olmadi. Bu goldagi yana bir qahramonni e’tirof etish kerak: «Real»ning yangi yulduzi Bellinghem o‘z jamoasi jarima maydoni hududidan to‘pni olib qo‘ydi va raqib jarima maydoni yaqinigacha olib bordi, italiyaliklar tayanch yarimhimoyachisidan o‘tdi va o‘z vaqtida Reshfordni to‘p bilan ta’minladi.

Keyin Sautgeyt jamoasi bilan avval ham bo‘lganidek inglizlar biroz bo‘shashdi va diqqatni yo‘qotishdi. O‘yin tenglasha boshlaganida Keyn o‘z imkoniyatidan foydalandi va g‘alabani mustahkamladi. Endi jamoalar o‘yin tugashini kuta boshladi: murabbiylar yetakchilariga dam berish uchun almashtirishlar qilishdi. Italiyaliklar o‘yinda burilish yasashga umid qilishmasdi, inglizlar esa to‘pni o‘zida olib yurishdi va maqsadiga erishdi.

Bu g‘alabadan keyin Angliya milliy jamoasi Yevro-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Luchano Spalletti jamoasida esa vaziyat murakkab: ular ukrainlarni oldinga o‘tkazib yuborib, uchinchi o‘ringa tushib ketishdi. Jamoalarni uch ochko ajratib turibdi, ammo italiyaliklarda imkoniyat yaxshiroq. Birinchidan, ularda bitta zaxira o‘yini bor. Ikkinchidan, bu jamoalar noyabrda o‘zaro o‘yin o‘tkazishadi.

Boshqa tomondan, Spalletti jamoasini Shimoliy Makedoniyaga qarshi ham o‘yin kutmoqda — so‘nggi ikki yilda italyan futboli uchun bosh antagonistlar. Ular Italiyani JCh-2022 ga o‘tkazmagandi va Yevro-2024 saralashida ochkolardan mahrum etgandi.

Malta — Ukraina 1:3
Gollar:
Mbong (12) — Kamenzuli (38, avtogol), Dovbik (43, penalti), Mudrik (85). 
Malta – Bonello, Borg, Pepe, Borg, Kamenzuli, Giyome, Yankam (Pizani, 86), Muskat (Kristensen, 69), Mbong (Attard, 79), Nvoko (Satariano, 68), Mbong (Montebello, 86).
Ukraina – Trubin, Matviyenko (Svatok, 46), Zabarniy, Mikolenko, Zinchenko (Pixalenok, 87), Sidorchuk, Mudrik, Sudakov (Nazarina, 67), Karavayev (Zubkov, 76), Dovbik, Vanat (Konoplya, 67).
Ogohlantirishlar: Matviyenko (31), Markolini (59), Pizani (90), Zubkov (90).

17 noyabr. Angliya – Malta, Italiya – Shimoliy Makedoniya;
20 noyabr. Shimoliy Makedoniya – Angliya, Ukraina – Italiya.

G guruhi

Serbiya — Chernogoriya 3:1
Gollar
: Mitrovich (9, 73), Tadich (77) — Yovetich (36). 
Serbiya – Milinkovich-Savich, Velkovich, Milenkovich, Pavlovich, Mladenovich (Kostich, 46), Gudel (Maksimovich, 68), Lukich (Samarjich, 79), Ilich (Milinkovich-Savich, 46), Jivkovich, Tadich, Mitrovich.
Chernogoriya – Miyatovich, Marushich, Tomashevich, Savich, Tuchi (Raichkovich, 85), Vukchevich (Radunovich, 31), Yankovich (Osmayich, 85), Kuch, Yovetich, Tsamay (Yovovich, 72), Krstovich.
Gudel (49), Savich (58), Yovovich (88), Tomashevich (89).

O‘tgan turda Vengriyadan mag‘lub bo‘lgan Serbiya o‘z maydonida Chernogoriyani mag‘lub etishi shart edi. Va jamoa to‘qqizinchi daqiqadayoq Aleksandr Mitrovichning zarbasi bilan hisobni ochdi. Ammo 36-daqiqada javob goli o‘tkazib yuborildi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga borib ham durang hisob saqlanib turgandi. Ammo serblar baribir o‘z maqsadiga erishdi, buning uchun jamoa Mitrovich va Dushan Tadichdan minnatdor bo‘lishi kerak. Yetakchilar to‘rt daqiqa ichida bir-biriga assistlar uzatib, ikki gol urishdi.

Endi Serbiyada guruhning eng kuchsiz jamoasi — Bolgariyaga qarshi o‘yin qolgan. O‘yindan oldin serblardan faqat ikki ochko ortda turgan Chernogoriya endi keyingi turlarda Litva va Vengriya ustidan g‘alaba qozonishi, shuningdek Serbiya ochko yo‘qotishini kutishi kerak. Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin, ammo bunday ssenariyning ehtimoli kam.

Litva — Vengriya 2:2
Gollar:
Chernix (20), Shirvis (36) — Soboslai (67, penalti), Varga (82).
Litva – Zubas, Girdvaynis, Lekyatas, Utkus (Kajukolovas, 64), Shirvis (Beneta, 76), Lasitskas, Vorobev, Gineytis, Chernix (Yankauskas, 65), Slivka, Paulauskas.
Vengriya – Dibus, Nego (Chobot, 62), Fiola, Lang, Salai, Kerkez (Nad, 46), Shallai, Gazdag (Staylz, 46), Nad, Soboslai, Varga.
Ogohlantirishlar: Lekyatas (42), Soboslai (55), Utkus (55), Kajukolovas (71), Fiola (74), Lasitskas (90).

Guruhdagi parallel uchrashuvda Litva va Vengriya o‘rtasidagi shiddatli to‘qnashuvga aylandi. Litvaliklar kutilmaganda birinchi bo‘limdayoq ikki gol urib olishdi va g‘alaba haqida o‘ylay boshlashdi. Ikkinchi bo‘limda vengrlar o‘ziga keldi va durangga erishishdi. Dominik Soboslai 67-daqiqada penaltini aniq ijro etdi, 82-daqiqada golli uzatma muallifiga aylandi.

Vengriya kambek tufayli guruhda birinchi o‘rinni saqlab qolmoqda. Jamoada zaxira o‘yini ham bor. Bu guruhda katta ehtimol bilan saralash bosqichi yakunigacha o‘rinlar o‘zgarmaydi va Yevro guruh bosqichiga chiqadigan jamoalar nomi hozirdan aniq bo‘lib ulgurgan.

16 noyabr. Bolgariya – Vengriya, Chernogoriya – Litva;
19 noyabr. Vengriya – Chernogoriya, Serbiya – Bolgariya. 

Ko‘proq yangiliklar: