Kompaniya 2023 yilda O‘zbekistonda 5 ming dona avtomobil ishlab chiqarishni reja qilgan. 2024 yilda esa bu raqamni 20 mingga yetkazish, elektromobillar sotuvini ham yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda. Jurnalistlar uchun kompaniya tomonidan Xitoyga uyushtirilgan media-turda EXEED’ning O‘zbekiston bozoriga ham kirib kelishi kutilayotgan yangi modellari namoyish etildi.
EXEED kompaniyasi tomonidan o‘zbekistonlik jurnalistlar uchun Xitoyning Qingdao va Wuhu shaharlariga media-tur tashkil qilindi. Jurnalistlar dastlab kompaniyaning Qingdao shahridagi Super Intelligent Factory zavodida bo‘lishdi.
Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, 2022 yilda faoliyat boshlagan zavodda ish jarayonining 90 foizini IT robotlari bajaradi va har 90 soniyada bitta avtomobil ishlab chiqariladi. Ayni paytda zavodda EXEED avtomobillarining to‘rtta — LX, VX, TXL, RX modellari ishlab chiqarilmoqda. Yaqin kelajakda EO3 va EOY rusumli yangi elektromobillar, shuningdek, gibrid avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Avtomobil dizaynidan tortib uni ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonni to‘liq qamrab olgan Super Intelligent Factory zavodi shtamplash, payvandlash, bo‘yash va umumiy yig‘ish, R&D markazi, sinov va tekshirish obektlarini o‘z ichiga oladi. Jarayonning asosiy qismi robotlar tomonidan bajariladi. Masalan, birgina payvandlash bo‘limida dunyoning eng ilg‘or AI sifat nazorati tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, ishlab chiqarish liniyasi 350 ta robot bilan jihozlangan.
Bo‘yash ustaxonasi dunyodagi yetakchi “nol uglerodli” aqlli ishlab chiqarish, energiya tejovchi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha yangi texnologiyaga ega. Asosiy jarayonlar to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda kechadi.
Super Intelligent Factory zavodi yiliga 200 mingta, har 90 soniyada bitta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Media-tur ishtirokchilari kompaniya tomonidan 15 oktyabr kuni Wuhu shahrida o‘tkazilgan ekotizimlarini birgalikda yaratish sammitida ishtirok etishdi. Sammitda EXEED International bosh direktori Qin Chao kompaniya elektromobillar ishlab chiqarishga ham alohida e’tibor qarata boshlaganini ma’lum qildi.
“Mijozlar ehtiyojini qondirish biz uchun muhim. 2024 yilda yanada ko‘proq izlanamiz, innovatsiyalarni va’da qilamiz. EXEED nafaqat avtomobillar, balki yangi turdagi elektromobillar ishlab chiqarishni ham boshlaydi. Biz mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishga intilamiz. Ularning fikr-mulohazalari biz uchun mahsulot sifati va tajribamizni yaxshilashda qimmatli”, deya ta’kidladi bosh direktor.
Tadbirda ekologik mahsulotlar, jumladan EXEED avtomobillarining yangi modellari taqdim etildi.
Media-tur ishtirokchilari yashil sayohatni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan velomarafonda ham qatnashishdi.
Shuningdek, test-drayv tashkil etildi: jurnalistlar EXEED avtomobillarini boshqarib ko‘rib, uning imkoniyatlariga yuqori baho berishdi.
Ma’lumot uchun, EXEED avtomobillari dunyoning 80 ta mamlakatiga eksport qilinadi. Kompaniyaning asosiy hamkorlari Yevropa, Yaqin sharq, Markaziy Osiyo davlatlari hamda Shimoliy Amerika hisoblanadi.
EXEED bundan to‘rt oy oldin O‘zbekiston bozoriga ham kirib kelgan. Hozirgi kunda respublikada avtomobillarning LX, VX, TXL modellari sotilmoqda. Kompaniyaning Toshkent shahrida ikkita, Urganch va Farg‘onada bittadan savdo markazlari mavjud. Joriy yil oxirigacha yana 10 ta savdo markazini ochish rejalashtirilgan. 2024 yilda yangi rusumdagi EXEED RX ham O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi kutilyapti.
Telefon: +99855-520-07-07
Sayt: https://exeed.uz/
Instagram: https://www.instagram.com/exeed_uzbekistan/
Facebook: https://www.facebook.com/ExeedUzbekistan
Telegram: https://t.me/UzbekistanEXEED
Reklama