iPhone smartfonlari dasturini qutisi ochilmagan holda yangilash imkoniyati joriy qilinadi 

Fan-texnika 22:03 / 17.10.2023 33717

Apple kompaniyasi yangi iPhone smartfonlarini sozlash jarayonini soddalashtirmoqchi. Agar qurilma sotuvlar boshlanganida xarid qilinmagan bo‘lsa, odatda undan foydalanishdan oldin, iOS dasturini so‘nggi versiyasiga yangilash kerak bo‘ladi. Yangi tizim Apple do‘koni xodimlariga qutini ochmasdan qurilmaga so‘nggi dasturni o‘rnatish imkonini beradi. 

Bloomberg muxbiri Mark Gurmanning xabar berishicha, Apple shu maqsadda «simsiz zaryadlovchi qurilmaga o‘xshash jihozni» ishlab chiqmoqda. Xodim dasturni yangilamoqchi bo‘lsa, iPhone solingan qutini ushbu jihoz ustiga qo‘yadi, shunda smartfon ishga tushadi va iOS yangi versiyasini yuklab oladi. Jarayon yakunlangach, yana o‘chadi. 

Gurman so‘zlariga ko‘ra, bunday uskunalar 2023 yil oxirigacha do‘konlarda paydo bo‘ladi. Gap faqat Apple Store haqida ketyaptimi yoki vakolatli sotuvchilar ham iPhone smartfonini qutisini ochmasdan yangilay oladimi, hozircha aniq emas.

Ko‘proq yangiliklar: