Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston temiryo‘llari» chipta chayqovchilari qanday sxemadan foydalanishini tushuntirdi
Qayd qilinishicha, chayqovchilar «chiptalar arzonligidan foydalanib», ularni sotib olib, poyezd jo‘nashidan oldin odamlarga qayta sotmoqda.
Temiryo‘l chiptalari shunchalik arzonki, chayqovchilar ularni sotib olib, poyezd jo‘nashidan oldin odamlarga qayta sotadi. Bu haqda «O‘zbekiston temiryo‘llari» boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Hikmatilla Rahmetov OAV xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytdi.
«Chiptalar shunchalik arzonki, chayqovchilar ularni sotib olib, poyezd jo‘nashidan oldin odamlarga qayta sotadilar. Agar chipta sotilmasa, ular 15 ming so‘m jarima to‘lab, uni kassaga topshiradi. Agar ular chiptani qayta sotadigan odamni topsa, 100 ming, 150 ming so‘m daromad oladi», dedi Hikmatilla Rahmetov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, «bitta pasport – bitta chipta» tamoyili kassalarda chipta yo‘qligiga qarshi kurashishda yordam beradi.
Shu bilan birga, «O‘zbekiston temiryo‘llari» sayohat sifati va qulayligini yaxshilash uchun yangi poyezdlarni sotib olish rejalarini ham e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, yaqin kelajakda Hyundai Rotem va Škoda Transportation tomonidan ishlab chiqarilgan 30 ta tezkor elektr poyezdni sotib olish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

09:53 / 15.06.2025
Andijonda temiryo‘ldagi sisternaga chiqqan erkakni tok urdi

11:30 / 10.06.2025
Rossiya Pxenyan va Moskva o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovni tikladi

22:14 / 09.06.2025