Erta uxlab, erta uyg‘onadiganlar kechgacha ishlab, kech uyg‘onadiganlardan ko‘ra ko‘proq pul topadi, deyiladi fin olimlari o‘tkazgan tadqiqotda.
So‘rovnomada 12 ming o‘rta yoshlilar qatnashgan. Natijaga ko‘ra, kechgacha ishlab kech uyg‘onish ish haqining pasayishiga bilvosita ta’sir qiladi. Bunday farq asosan erkaklarda ko‘proq sezilgan. Ya’ni kechga qadar ishlab kech uyg‘onadiganlar vaqtli turadiganlardan o‘rtacha 4 foizga kamroq pul topishlari aniqlangan.
Ular odatiy ish soatlariga unchalik mos kelmaydi. Chunki kunning eng unumdor payti 8 dan 16 gacha bo‘lib, bu soatlarni kech uyg‘onadiganlar o‘tkazib yuborishlari mumkin.
Tadqiqotchilar fikricha, kech uyg‘onadiganlar jamiyatning sezilarli qismini tashkil qilgani sababli bu jamiyatning iqtisodiy ahvoliga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun bunday kishilarga o‘ziga mos ish topish tavsiya qilinadi.