«CNH Industrial» kompaniyasi katta sanani nishonlamoqda: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va qurilish jihozlari bozoridagi 25 yillik muvaffaqiyatli faoliyat.
Roppa-rosa 25 yil oldin Amerikaning «CNH Industrial» kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirib kelgandi va mana, chorak asrdan buyon o‘z tarmog‘ida yetakchilikni qo‘ldan boy bermaslikka intilib keladi.
Kompaniya tarixidan
Sentyabr oxirida Toshkentda «Case New Holland Industrial (CNH Industrial)» korporatsiyasining O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli faoliyatining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Bugungi kunda «CNH Industrial» – bu qishloq xo‘jaligi va qurilish jihozlari ishlab chiqarish borasidagi jahon yetakchisi, dunyo bo‘ylab 64 ta zavod, 49 ta ilmiy-tadqiqot markazi va taqriban 11500 ta dilerlik nuqtalaridan iborat ulkan izchil ekotizimdir. O‘zbekistonda «CNH Industrial» 1998 yilda Amerikaning «Case Corporation» kompaniyasi bazasida tashkil etilgan to‘rtta qo‘shma korxona bilan taqdim etilgan.
Korxonalar kompaniya mahsulotlarini loyihalashtirish, ishlab chiqarish, sotish va servis xizmatini ko‘rsatishni ta’minlaydilar, shuningdek mahalliy fermerlar va agroklasterlarga jihozlar xaridini moliyalashda yordam beradi.
«25 yil davomida bizning qo‘shma korxonalarimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish sohasida eng ishonchli hamkor bo‘lib kelmoqda. Biz birgalikda barcha murakkab davrlarni bosib o‘tdik va keyingi 6-7 yil ichida mamlakat rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan tarmoqdagi hamda bozordagi salmoqli o‘zgarishlar tufayli, mustahkam qadam tashlab, kelajakka dadil boqmoqdamiz. CNHI korxonalari O‘zbekistonda xalqaro standartlarga muvofiq keluvchi yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaradi va mamlakat bozoriga yetkazib beradi. Bugungi kunda kompaniyalar guruhimiz ulkan assorimentga ega: quvvati 80 o.k.dan to 340 o.k.gacha bo‘lgan traktorlar, g‘alla o‘rish, yem o‘rish va paxta terish kombaynlari, press-to‘plagichlar, osma jihozlar (kultivatorlar, pluglar, seyalkalar) va boshqa ko‘plab jihozlar.
Ammo kompaniyaning O‘zbekistondagi eng asosiy aktivi insonlar bo‘lib qoladi. Professionallardan iborat jamoamiz qisqa muddatlarda murakkab vazifalarni hal qilishga tayyor. “Bizning odamlarimiz” – bu geografik chegaralarga ega bo‘lmagan CNHI global oilasining bir qismi. Masalan, yigitlarimiz 2022 yilda, talab nihoyatda yuqori bo‘lgan davrda Buyuk Britaniyaning Bazildon shahrida joylashgan CNHIning eng yaxshi zavodlaridan birida ingliz hamkasblarini qo‘llab-quvvatladilar. Bu xodimlarimizning malakasi va ish sifati yuqori darajada ekanligini isbotlovchi yagona holat emas. Biz odamlarimiz bilan faxrlanamiz», — deydi kompaniyaning O‘zbekiston bo‘yicha bosh menejyeri Oybek Burhonov.
Kompaniya faoliyatining yana bir yo‘nalishi – O‘zbekiston iqlim sharoitiga jihozlarni moslashtirish. Misol uchun, Case AF4088 va New Holland TC5.90 g‘alla o‘rish kombaynlari joriy etildi, ular g‘alla va sholi yetishtiruvchi ko‘plab klasterlarlarda birinchi tanlov modellari bo‘ldi. Universal kombaynlar konfiguratsiyani almashtirish hisobiga yangi ekinlarni yig‘ib-terishga tez moslasha oladi. Bu boshoqlarga sifatli ishlov berish va donlarni maksimal separatsiyalashga sabab bo‘ladi va pirovardida, yig‘im-terimdagi yo‘qotishlarni minimallashtiradi. Mahalliy paxtachilik an’analari xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va seriyali ishlab chiqarishga joriy qilingan paxta terish mashinalari liniyasi haqida alohida to‘xtalish joiz.
Cotton Express 220
Tantanali oqshomning muhim lahzasi Cotton Express 220 (CE 220) ikki qatorli paxta terish kombaynining taqdimoti bo‘ldi. Bu transformer-mashinadan nafaqat paxta terish mavsumida foydalanish mumkin, balki u oddiy traktor vazifasini bajarib, boshqa ishlarda ham qo‘l keladi. CE 220 kombayni 400 nafargacha qo‘lda paxta teruvchi ishchilar o‘rnini bosib, kuniga 20 tonnagacha paxta tera oladi.
Iste’molchilar xizmatida
«CNH Industrial»ning O‘zbekistondagi umumiy texnika parki hozirgi paytda 10 ming mashinani tashkil qiladi. Har bir jihoz standart kafolat davriga ega. Mamlakatning barcha hududlaridagi 13 ta servis markazi va kerakli asbob-uskuna hamda ehtiyot qismlari bilan ta’minlangan 100 dan ziyod mobil brigada texnikaga uzluksiz xizmat ko‘rsatishni, uning holatini muntazam tekshirish va ta’mirlashni tashkil etadi.
«CNH Industrial» dunyoning 190 ta mamlakatida, barcha salmoqli bozorlarda mavjud va sur’atni susaytirishni xayoliga ham keltirmaydi. Istiqbolda kompaniya bozordagi yetakchilik maqomini ushlab qolish va yangi sohalarda rivojlanishni rejalashtirgan. Masalan, istiqbolli yo‘nalishlardan biri – ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning ulushini oshirish. Bu chora ishlab chiqarishda joriy xarajatlarni pasaytiribgina qolmay, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikasi bozoridagi maqomini mustahkamlash imkonini ham beradi.
Reklama