Pulni qanday qilib bir zumda o‘tkazish mumkin?
Tinkoff ilovasida shunchaki, telefon raqamidan foydalanib O‘zbekistonga pul o‘tkazish mumkin. Yuboruvchi shu paytning o‘zida ilovada rublni so‘mga aylantirish kursini ko‘radi. Pul oluvchining hisobiga bir zumda tushadi. Agrobank, Universalbank, Octobank, NBU va O‘zbekistondagi boshqa banklari orqali pul o‘tkazmasini amalga oshirish mumkin. Banklarning to‘liq ro‘yxatini ilovada ko‘rish mumkin.
Oyiga 20 000 rublgacha, o‘tkazma uchun komissiya yo‘q. PRO obunasi bilan cheklov 50 000 rublgacha oshadi. Agar ko‘proq bo‘lsa, u holda komissiya o‘tkazma miqdorining 1 foizini tashkil etadi — masalan, 1000 rubldan bank atigi 10 rubl ushlab qoladi.
Tinkoff — bo‘linmalarsiz mobil bank
Rossiyada bitta ham filialga ega bo‘lmagan yagona mobil bank mavjud. Bu sizga g‘ayrioddiy tuyulishi mumkin, ammo Tinkoffʼning unga ishonch bildirgan 38 million mijozi bor. Mobil bankidan foydalanish esa endi yanada qulayroq bo‘ldi. Tinkoff ilovasi o‘zbek tiliga tarjima qilingan, qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimlari telefon va chat orqali savollarga o‘zbek tilida javob beradi.
Oddiy bankka kartani rasmiylashtirish uchun sizga ishdan ta’til olishingiz yoki dam olish kuningizni navbatda kutish bilan o‘tkazishingiz kerak bo‘ladi. Tinkoffʼda atigi 5 daqiqa vaqt ajratish kerak va uydan chiqmasdan yoki aeroportda turib saytda yoki mobil ilovada anketani to‘ldirish kifoyadir. Karta olish uchun biror joyga borish shart emas. Uni sizga qulay vaqtda — xonadoningizga, ishxonangizga yoki hatto qahvaxonaga ham yetkazib beradi.
Tinkoff Black kartasini qanday rasmiylashtirish kerak
O‘zbekistonga tezkor va komissiyasiz pul o‘tkazish uchun, Tinkoff Black kartasi kerak bo‘ladi. Bu kredit karta emas, debet kartadir. Faqat o‘zingizning pulingizdan foydalanishingiz mumkin.
Kartani olish uchun saytdagi anketani to‘ldirishingiz kerak. Agar sizda Rossiya fuqaroligi bo‘lmasa, u holda sizga ushbu hujjatlardan biri: migratsiya kartasi, ish patenti yoki yashash uchun ruxsatnoma kerak bo‘ladi.
Shundan so‘ng, kurer sizga kartani bepul olib keladi va sovg‘asiga sizga bank kartalari uchun hamyon taqdim etiladi.
KARTANI RASMIYLAShTIRISh
Tinkoff Black kartasi yana nima uchun kerak?
• Patent uchun to‘lovni amalga oshirish. Patentni tezkor yangilash uchun Migratsiya markazi saytida onlayn-shaklni to‘ldirish va Tinkoff kartasi ma’lumotlarini taqdim etish kerak. Agar kvitansiyada QR-kod bo‘lsa, u holda u orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin. Tinkoff ilovasida siz Tinkoff Black hisobraqamingizni tanlashingiz kerak, "To‘lovlar" → "QR-kodni skanerlash" tugmachasini bosishingiz lozim.
• Ish haqi olish. Tinkoff Black kartasiga ish beruvchingizdan maosh olish mumkin, shuningdek, u bilan o‘zini-o‘zi band qilgan sifatida hisobraqami ochish yoki YTT hisobraqamiga bog‘lash uchun ham ishlatish mumkin.
• Naqd pulni bepul yechib olish. Agar naqd pul kerak bo‘lsa, uni har doim bankomatda kartadan yechib olish mumkin. Tinkoff Black kartasi undan komissiyasiz naqd pul olish imkoniyati mavjudligi bilan qulay: Tinkoff bankomatlaridan — istalgan miqdorni, boshqa banklarning bankomatlaridan esa — 3000 dan 100 000 ₽ gacha.
• Karta hisobraqamini komissiyasiz to‘ldirish. Kartaga pul mablag‘larini cheklovlarsiz, shuningdek istalgan bankomat orqali bepul tushirish, shuningdek, boshqa banklarning kartalaridan ham to‘ldirish mumkin.
• Yaqinlarga bepul kartalarni rasmiylashtirish. Tinkoff Black kartasiga boshqa shaxs nomiga qo‘shimcha plastik karta chiqarish mumkin. Uni Rossiyada olish, so‘ngra esa O‘zbekistondagi yaqinlarga berish mumkin.
Reklama