Toshkent shahrida ichimlik suvi narxi oshishi kutilmoqda
Aholi uchun bir metr kub suv narxi 1400 so‘m (amalda 400 so‘m), oqova suv narxi esa 1000 so‘m; yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi - 3000 so‘m, oqova suv narxini - 2200 so‘m etib belgilash bo‘yicha takliflar xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga taqdim etildi. Narxlar qachondan oshishi hozircha noma’lum.

Foto: Getty Images
Toshkent shahrida ichimlik hamda oqova (kanalizatsiya) suv xizmatlari narxi oshishi kutilmoqda. «Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJ bunga «suv ta’minoti tizimidagi sarf-xarajatlar keskin ortgani»ni sabab qilib keltirgan.
Xususan, aholi uchun bir metr kub suv narxi 1400 so‘m, oqova suv narxi esa 1000 so‘m, yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3000 so‘m, oqova suv narxini esa 2200 so‘m etib belgilash bo‘yicha takliflar Toshkent shahar deputatlar kengashiga taqdim etilgan.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahridagi oshishi kutilayotgan suv va kanalizatsiya narxlari Toshkent viloyati hamda respublikaning boshqa hududlaridagi ayni kundagi narxlardan pastligicha qolmoqda. Deputatlar kengashi muhokamasi yakunlaridan kelib chiqib suv va kanalizatsiya narxlari oshish sanasi haqida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etib boriladi.
- Bundan avvalroq Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlangandi. Andijon viloyatida esa 19 sentabrda tasdiqlangan tariflarga ko‘ra narxlar o‘zgargan.
Mavzuga oid

12:20 / 06.03.2025
Ko‘changiz asfalt qilinmagan, ichimlik suvi va kanalizatsiya yo‘qmi? Bu haqda Telegram orqali xabar bering

21:48 / 12.02.2025
“Aholini ichimlik suv bilan 100 foiz ta’minlash imkonsiz” – “O‘zsuvta’minot” AJ

12:32 / 08.09.2024
“O‘zsuvta’minot” muhim eslatma bilan chiqdi

22:38 / 07.09.2024