“HONOR” O‘zbekistonda yangi tanlov e’lon qiladi

Fan-texnika 18:01 / 09.10.2023 39170

HONOR texnologik kompaniyasi “HONOR OVOZI” —mamlakatning noyob ovozi loyihasini e’lon qiladi. Loyiha g‘olibi brendning mamlakat hududidagi «ovoz elchisi» bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

HONOR texnologik kompaniyasi “HONOR OVOZI” tanlovini e’lon qiladi, u kelgusida brendni O‘zbekiston hududida reklama roliklarida va internet materiallarida taqdim etadi. Tanlov shartlari oddiy, g‘olibga HONOR mahsulotlari to‘plami mukofot tarzida taqdim etiladi.

Tanlovni o‘tkazish tartibi:

Tanlov 2023 yil 9 oktyabrda boshlanadi — shu sanadan boshlab tanlovda ishtirok etishni istaganlar https://www.honorovozi.uz/ sahifasiga “Go Beyond HONOR” so‘zlari bilan tayyor faylni yoki ovoz yozish orqali ovoz namunasini yuklashlari mumkin. Brend tomonidan ta’sis etilgan hay’at kompaniya nomining to‘g‘ri talaffuz qilinishini [onor], ifodalilikni, ovoz tembrini, xarizmatizm va artikulyatsiyaning aniqligini baholaydi. Arizalarni qabul qilish 2023 yil 25 oktyabrgacha davom etadi.

Keyingi bosqichda hay’at tanlovi o‘tkaziladi: 29 oktyabrga qadar HONOR kompaniyasi jamoasi barcha ishtirokchilarning ovoz yozuvini tahlil qiladi va g‘oliblik uchun 10 nafar nomzoddan iborat ro‘yxatni tuzadi, shundan keyin jamoatchilik orasida ovoz to‘plash orqali g‘olib aniqlanadi. 30 oktyabrdan 3 noyabrga qadar barcha ko‘ngillilar o‘zlari noyob ovoz sohibi deb hisoblagan nomzodga ovoz berishlari mumkin bo‘ladi. G‘olib 2023 yil 6 noyabrda e’lon qilinadi.

Tanlov mukofoti – butun oila uchun HONOR

Tanlov g‘olibi brendning mamlakat hududidagi «ovoz elchisi» hisoblanadi va u kelgusida O‘zbekiston hududida brend reklama roliklarida ishtirokchiga aylanadi.

G‘olibga butun oilaga mo‘ljallangan HONOR mahsulotlaridan iborat quyidagi sovg‘alar to‘plami taqdim etiladi:

— HONOR 90 smartfoni;

— HONOR X9a smartfoni;

— HONOR X8a smartfoni;

— HONOR X7a smartfoni;

— HONOR Choice Earbuds X3 Lite quloqchinlar juftligi;

— Magicbook X14 2023 noutbuki.

Tanlovda qatnashish qoidalari bilan havola orqali tanishish mumkin.

Brendning O‘zbekistondagi saytida va Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yangilanishlar va yangiliklarni kuzatib boring.

Ma’lumot o‘rnida: HONOR kompaniyasi 2013-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, jahondagi yetakchi intellektual qurilmalar yetkazib beruvchi sanaladi. Biz jahondagi taniqli texnologik brendga aylanishga hamda butun insoniyat uchun barcha ko‘rinishlarda, barcha yo‘nalishlardagi aqlli hayotni ta’minlashga intiladi.

HONOR O‘zbekiston bozoriga 2021 yilda kirib kelgan. Ayni paytda keng hamkorlik aloqalari o‘rnatishga va mamlakatning barcha shaharlari hamda hududlarini qamrab olishga muvaffaq bo‘ldi.

HONOR ko‘plab ilg‘or texnologiyalarda kashfiyotchi bo‘ldi va smartfonlar hamda boshqa intellektual qurilmalarning to‘laqonli portfoliosini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash uchun ajoyib tadqiqot va ishlanmalar imkoniyatiga ega. Har bir HONOR smartfoni qat’iy sifat nazoratiga ega va chiqarilishidan oldin 400 dan ziyod test va 20 dan ortiq global sertifikatsiya standartlaridan o‘tishi lozim. HONOR 3000 dan ziyod servis markazi va 43 ta aloqa markaziga ega, ular orqali 82 tadan ziyod bozorda mijozlarga oliy toifali va samarali xizmatlar taqdim etib keladi.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: