Grin-karta mavsumi boshlandi

Jamiyat 21:52 / 04.10.2023 22978

Bugun, 4 oktyabr kuni AQShning milliy xilma-xillik viza dasturi – Diversity Visa lotereyasining 2025 yilgi mavsumi uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Talabgorlar 7 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 21:00 ga qadar dvprogram.state.gov sayti orqali bepul tarzda anketa to‘ldirib, ariza yo‘llashi mumkin.

Foto: Getty Images

Dastur AQShga tarixan migratsiya ko‘rsatkichlari kam bo‘lgan xalqlar vakillariga ushbu mamlakatda doimiy yashash huquqini berish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. Bu orqali Amerika xalqini tashkil etuvchi millatlar xilma-xilligini oshirib borish ko‘zda tutilgan.

Dastur g‘oliblari kelasi yil may oyida, tasodifiy kompyuter dasturi yordamida tanlab olinadi va e’lon qilinadi.

Lotereya orqali har yili dunyo bo‘ylab 55 ming kishiga grin-karta beriladi. Biroq lotereyada bundan ikki barobar ko‘p odam g‘olib deb topiladi. G‘olib bo‘lganlarning bir qismi hujjatlaridagi kamchiliklar, suhbatdan o‘ta olmagani yoki shunchaki viza tugab qolgani uchun grin-karta ololmaydi.

Xususan, joriy yilda DV-2023 dasturi g‘olibi bo‘lgan o‘zbekistonliklardan 3100 dan ortig‘i viza uchun suhbatga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Grin-karta yutgan o‘zbekistonliklar soni esa 5 mingdan ortiq bo‘lgani taxmin qilinadi.

  • Avvalroq AQShning Toshkentdagi elchixonasi grin-karta dasturi ishtirokchilari uchun tavsiyalarni e’lon qilgandi.
  • Kun.uz bir necha yil oldin grin-karta anketasini mustaqil va to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorlagan.
Ko‘proq yangiliklar: