Niderlandiyada yana bir dahshatli o‘yin, Ispaniyada yana «Real» peshqadam. Yevropada kun o‘yinlari

Sport 15:14 / 01.10.2023 29342

Ispaniya: «Real» «Jirona»ning joyini ko‘rsatib qo‘ydi

«Jirona» – «Real» 0:3
Gollar:
0:1 – 17 Xoselu, 0:2 – 21 Tchuameni, 0:3 – 71 Bellinghem.
Jirona – Gassaniga, Yan Kouto, Blind, Erik Garsiya, Migel Guterres, David Lopes (Portu, 60), Aleish Garsiya, Errera, Tsigankov (Fernandes, 46), Dovbik (Stuani, 60), Savio (Torre, 79).
Real – Arrisabalaga, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Kamavinga, Kroos, Valverde, Tchuameni, Bellinghem (Seballos, 74), Vinisius Junior (Rodrigo, 68), Xoselu.
Ogohlantirishlar: Erik Garsiya (64), Arrisabalaga (84), Ryudiger (90), Stuani (90).
Chetlatish: Nacho (90).

«Jirona»ning sensatsion starti Kataloniyaning ushbu jamoasining «Real»ga qarshi o‘yinini turning asosiy to‘qnashuviga aylantirdi. Qolaversa, bahordagi o‘yinni ko‘pchilik yoddan chiqarmagan, o‘shanda oq-qoralar jamoasi Kastelyanosning pokeri bilan (4:2) hamyurtlari «Barselona»ga chempionlik poygasida yordam berib yuborgandi. Faqat bir marta pand yegan madridliklar bundan to‘g‘ri xulosa chiqarishgan. Bu safar jironaliklar mehmonlarni o‘yin boshidagi dadil harakatlari bilan ham, bosh murabbiy Michelning taktik yangiliklari bilan ham hayron qoldira olmadi.

Ilk xavfli vaziyat — va Bellinghem «shvedka» bilan (tovonining tashqi qismi) to‘pni Xoseluga qulay qilib tashlab berdi. Kroos burchakdan to‘p uzatdi — va Tshuameni nihoyat «Real» safidagi 59-o‘yinida ilk golini nishonladi. Ikki zarbada ikki gol — buni mahorat desa bo‘ladi. Bellinghem esa hisobni yirik ko‘rinishga keltirishi mumkin edi, ammo uning yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib bergan zarbasini darvozabon to‘sa oldi. Ammo angliyalik futbolchi ikkinchi bo‘limda baribir Gassanigani ilojsiz ahvolda qoldirdi. «Barsa»ga bu safar yordam kelmadi va bir kun turnir jadvali peshqadami bo‘lib turgan yana ikkinchi o‘ringa qaytdi. Derbidagi mag‘lubiyatdan keyin ikki o‘yinda g‘alaba qozongan Madrid jamoasi birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Ammo o‘yin yakunida Nachoning foli «Real» muxlislarini ranjitdi. U qo‘shimcha daqiqalarda qarshi hujumga chiqib ketayotgan Portuning oyog‘iga tashlanib, unga jarohat yetkazdi va kichik janjal ham keltirib chiqardi. Himoyachi raqib hujumchisi Stuaniga nimadir dedi va Ryudiger vaziyatga aralashib sariq kartochka oldi. Anchelotti esa jamoasining uchinchi golini o‘ziga xos bo‘lmagan ko‘tarinkilik bilan nishonladi. Chunki bu uning faoliyatida «Jirona» bilan o‘yinlardagi ilk g‘alaba bo‘ldi. Endi italiyalik mutaxassis la ligada o‘zi qarshi o‘ynagan barcha 27 jamoa ustidan kamida bir marta g‘alaba qozongan.

«Barselona» – «Sevilya» 1:0
Gol:
1:0 – 76, avtogol Ramos.
Barselona – ter Stegen, Joau Kanselu, Kristensen, Kunde, Balde, Gundo‘g‘an, Gavi, Rafinya (Lopes, 37), Joau Feliks (Ferran Torres, 71), Yamal (Romeu, 82), Levandovski.
Sevilya – Nyuland, Ramos, Bade, Pedrosa (Suso, 82), Rakitich, Lamela (Mariano Dias, 75), Okampos, Jordan, Sou (Fernando, 66), Xuanlu Sanches (Navas, 82), Lukebakio (Akunya, 75).
Ogohlantirishlar: Joau Kanselu (45), Xuanlu Sanches (50), Lamela (52), Bade (89), Gundo‘g‘an (90).

«Barselona» bu turdagi o‘yinini bir kun oldin, juma kuni o‘tkazgandi. Jamoaning holati hozir ideal darajada emas. Gap faqat hakamlarni sotib olish bilan bog‘liq korrupsiya mojarosida ham emas, bu ish «Sevilya» bilan o‘yin arafasida yana keskinlashgandi. Xavi o‘zini va jamoani bu mavzudan yiroq tutmoqda — unda boshqa yo‘l ham yo‘q. Ammo chempionatda ham so‘nggi vaqtlarda ishlar silliq ketmayapti: avvaliga «Selta» katta qiyinchilik bilan mag‘lub etilgandi, keyin «Mallorka» bilan o‘yinda qimmatli ochkolar boy berildi. Bu turda esa o‘ta yomon startdan keyin nihoyat o‘ziga kela boshlagan va qatorasiga uch o‘yinda yutqazmagan «Sevilya» kutayotgandi.

O‘yin arafasida kichik mojaro ham bo‘lib o‘tdi, bu hozirda Ispaniyada «Barsa»ga bo‘lgan munosabatni yaqqol ifodalaydi. «Sevilya» klubi rahbariyati o‘sha «Negreyra ishi» tufayli kataloniyaliklar o‘z o‘yinlarini o‘tkazayotgan Olimpiya stadioniga kelishdan bosh tortdi. Bunga javoban kataloniyaliklar ushbu klub bilan aloqalarni uzishini bildirdi.

Xavi boshlang‘ich tarkib bilan biroz ajablantirdi va hujum chizig‘ining to‘rt vakilini birdaniga tushirdi — Rafinya, Yamal, Feliks va Levandovski. Bu darhol maydondagi holatda aks etdi va mezbonlar ilk daqiqadayoq hisobni ochishi mumkin edi. Balde jarima maydoniga yorib kirishi bilan keskinlashgan hujum davomida to‘p rikoshet orqali Yamalga kelib tushdi. Ammo 16 yoshli o‘smirga to‘pni darvozaga joylab qo‘yish uchun biroz aniqlik yetishmadi. Keskin startdan keyin o‘yin nisbatan xotirjam kechdi. Mehmonlar raqib stadioniga moslashishdi va ikkinchi raqam ostida harakatlanib, himoyalanishdi. Kataloniyaliklar keyingi golli vaziyatni 13-daqiqada yaratishdi, ammo bu ko‘proq Feliksning individual mahorati evaziga bo‘ldi. U jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilib oldi va darhol zarba berdi, Nyuland to‘pni bir amallab qaytardi, ammo qaytgan to‘pga zarba beradigan futbolchi topilmadi.

Keyin esa «Sevilya» hujumda faollashib, raqibning darvozadan o‘yinni boshlashdagi odatiy xatosidan foydalandi. To‘p egallab olingach, Rakitich yaxshi zarba berdi, ammo ter Shtegen qutqardi.

Yana bir necha daqiqa o‘tib Feliks yana raqib konsentratsiyasini sinovdan o‘tkazdi, ammo uning bu zarbasi to‘singa tegdi. «Barsa»ning goli muqarrardek ko‘ringan pallalarda Serxio Ramos boshchiligidagi mehmonlar himoyasi hujumlarni bartaraf etaverdi. «Sevilya»ning o‘zi ham vaziyatlar yaratdi — birinchi bo‘limda ularda ham qator imkoniyatlar bo‘ldi, ammo omad kelmadi. 35-daqiqada «Barsa» jarohat tufayli hujum chizig‘idagi muhim futbolchisi Rafinyani yo‘qotdi, ammo uning o‘rniga tushgan Fermin Lopes bu yo‘qotishni sezdirmadi, unda darvozabon bilan birga-bir vaziyat yuzaga keldi, ammo deyarli ideal vaziyatdan foydalana olmadi.

O‘tgan turda jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan Fermin bu o‘yinning ikkinchi bo‘limida muhim figuraga va bo‘lim davomida «Sevilya» o‘z darvozasi atrofidan keta olmay qoldi. Muntazam bosim esa o‘yin oxirida samara keltirdi. Qator golli vaziyatlardan foydalana olmagan «Barsa» u qadar yaqqol ko‘rinmagan vaziyatda g‘alaba golini urdi. Yamal to‘pni jarima maydoni markaziga oshirib berganida Ramos avtogol muallifiga aylandi.

Serxio avvallari «Real» futbolchisi sifatida «Sevilya»ga qarshi o‘yinlarda o‘zi istamagan holda qadrdon jamoasiga ikki bor yordam bergandi. Bu safar barchasi teskari bo‘ldi. Faqat bir narsa o‘zgarmay qolmoqda — «Barsa» andalusiyaliklarga la ligada sakkiz o‘yindan beri, qatorasiga 16-o‘yinda yutqazmayapti (+12=4).

Italiya: «Milan» chempionlik grafigida harakatlanmoqda

«Lechche» – «Napoli» 0:4
Gollar:
0:1 – 16 Estigor, 0:2 – 51 Osimhen, 0:3 – 88 Gaetano, 0:4 – 90, penalti Politano.
Lechche – Falkone, Jandre, Baskirotto, Pongrachich, Gallo (Dorgu, 61), Blen (Gonsales, 61), Ramadani, Rafya (Uden, 61), Strefetssa (Pikkoli, 71), Almkvist (Korfitsen, 82), Krstovich.
Napoli – Meret, Di Lorenso, Estigor, Natan, Olivera, Lobotka (Kayuste, 76), Zelinski (Gaetano, 83), Zambo-Angissa, Lindstrem (Politano, 58), Kvaratsxeliya (Raspadori, 58), Simeone (Osimhen, 46).
Ogohlantirishlar: Simeone (17), Kvaratsxeliya (33), Gallo (36), Ramadani (57), Aversa (67), Gonsales (81).

Vaziyat «Napoli» endi oldingidek emas» bosqichiga yetib kelganida, neapolitanliklar Italiyada amaldagi chempion kim ekanini eslab qolishdi. Bungacha qatorasiga uchta uy uchrashuvida g‘alaba qozongan «Lechche» ustidan qozonilgan yirik g‘alaba jamoaning kayfiyatini ko‘rsatib berdi. Rudi Garsiya jamoasi saviya hisobiga o‘z maqsadiga erishdi, safga qaytgan Kvaratsxeliya yana o‘z hisobiga samarali harakat yozib qo‘ydi. Xvicha o‘tgan turda gol va pas muallifi bo‘lgandi. Bu safar u hisobdagi farq minimal bo‘lib turganida Osimhen uchun namunali pas uzatdi, nigeriyalik hujumchi tanaffusdan tushganidan ko‘p vaqt o‘tmay gol urdi. Mezbonlar 0:4 hisobiga loyiq o‘yin ko‘rsatmagandi, ammo «Napoli» «qon hidini olgan yirtqich»dek harakat qildi.

«Milan» – «Latsio» 2:0
Gollar:
1:0 – 60 Pulishich, 2:0 – 88 Okafor.
Milan – Menyan, Kalabriya (Florensi, 70), Kiyer, Tomori, Ernandes, Loftus-Chik (Musa, 29), Adli (Pobega, 70), Reynders, Pulishich (Chukvueze, 82), Rafael Leau, Jiru (Okafor, 70).
Latsio – Provedel, Marushich, Romanioli, Kazale, Husay, Luis Alberto, Genduzi (Kamada, 67), Rovella (Vesino, 67), Felipe Anderson (Pedro, 75), Dzakkani (Isaksen, 82), Kastelyanos (Immobile, 75).
Ogohlantirishlar: Marushich (51), Romanioli (64), Rafael Leau (65), Ernandes (84), Menyan (86).

«Napoli» endi uchinchi o‘rinda, ammo yakshanba kuni «Atalanta» va «Yuventus» uchrashuvi g‘olibi bu o‘rinni tortib olishi mumkin. Turnir jadvalining eng yuqori qismlari esa Milan jamoalari tomonidan band etilgan. Sirtqi kurashdagi ilk qadamni «rossoneri» tashladi, Stefano Pioli jamoasi derbidan keyin butkul boshqacha o‘ynamoqda. A seriyada «Milan» qatorasida uchinchi o‘yinda g‘olib bo‘ldi, bu startdagi yetti turdagi oltinchi g‘alaba. Ikki yil oldin ham jamoa mavsumni shunday sur’atda boshlagan — yakunda chempionga aylangandi. Bu safargi o‘yinda ham Rafael Leau eng yaxshi futbolchi bo‘ldi. Uning familiyasi tabloda porlamadi, ammo ikki gol ham portugaliyalik futbolchi tomonidan tashkillashtirildi. Uning ikkinchi golli hujumdagi solosi katta taassurot qoldirdi. Leau tom ma’noda raqib himoyachilari ustidan kuldi va to‘pni qulay vaziyatda turgan Okaforga yumalatib berdi.

«Salernitana» – «Inter» 0:4
Gollar: 0:1 – 62 Martines, 0:2 – 77 Martines, 0:3 – 85, penalti Martines, 0:4 – 89 Martines.
Salernitana – Ochoa, Diomber, Danilyuk (Tshauna, 86), Lovato, Bradarich, Kastanos, Boxinen (Madjore, 79), Lengovski, Martegani (Matssokki, 71), Jovane Kabral (Styuart, 79), Dia (Pirola, 86).
Inter – Zommer, Dumfris (Darmian, 79), de Vrey, Acherbi, Pavar, Karlos Augusto, Klassen (Mxitaryan, 54), Chalxono‘g‘li (Aslani, 54), Barella (Agume, 86), Sanches (Martines, 55), Tyuram.
Ogohlantirishlar: Chalxono‘g‘li (25), Jovane Kabral (60), Diomber (69).

O‘tgan turda «Sassuolo»dan mavsumdagi ilk va o‘ta og‘riqli mag‘lubiyatni qabul qilib olgan «Inter» tarkibda rotatsiya amalga oshirdi. Bu global darajada emas, ammo «neradzurrilar»ning boshlang‘ich tarkibida Mxitaryan va Lautaro Martines tushmasligi, ammo Klassen va Aleksis Sanches startda bo‘lishi noodatiy holat. Bu futbolchilar ham maydonda ustunlik qilishdi, «Salernitana» ham vaqti-vaqti bilan qarshi hujumlarga chiqishdi. Ammo asosiysi — «Inter» birinchi bo‘limda gol ura olmadi.

Simone Indzagida Martinesni maydonga tashlashdan boshqa chiqish yo‘li yo‘q edi. Bu esa darhol o‘z samarasini berdi. Bosh murabbiy yarim soatdan ko‘proq vaqt bergan argentinalik mergan 23 daqiqa ichida pokerni rasmiylashtirdi. A seriya uch ochkolik tizimga o‘tganidan buyon hech bir joker bunday samaradorlik qayd etmagandi. Ammo Tyuramning ham o‘yinini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. «Inter»da hal qiluvchi palla aynan uning pasi bilan boshlandi va hozirda Markus to‘rt uzatma bilan chempionatning eng yaxshi assistenti bo‘lib turibdi.

Germaniya: «Bayyer» — yakkapeshqadam

«Mayns» – «Bayyer» 0:3
Gollar:
0:1 – 18, avtogol van der Berg, 0:2 – 59 Grimaldo, 0:3 – 65 Hofmann.
Mayns – Tsentner, da Koshta (Al-G‘oziy, 69), Bell, Fernandesh, van der Berg, Kasi, Kor (Kraus, 69), Li Je Son (Barkok, 69), Barreyro, Gruda (Ajork, 76), Onisivo (Rixter, 84).
Bayyer – Gradetski, Frimpong (Stanishich, 87), Ta, Tapsoba, Kossunu, Grimaldo, Chaka (Andrix, 79), Hofmann (Amiriy, 87), Palasios, Virts (Adli, 64), Bonifase (Glojyek, 79).
Ogohlantirishlar: Chaka (4), Fernandesh (58), Gruda (75), Barreyro (90), Rixter (90).

«Bayyer» navbatdagi konsertini uyushtirib, safarda «Mayns»ni mag‘lub etdi va raqobatchilarining Leypsigdagi o‘yini yakunlangunga qadar turnirning yakkapeshqadami bo‘lib qolishi oydinlashdi. Olti turdan keyin 16 ochko — klub tarixidagi eng yaxshi start hisoblanadi, agar barcha turnirlar hisobga olinsa, ayni vaqtda leverkuzensliklar — top-5 ligalarda eng ko‘p gol urgan jamoa bo‘lib turibdi, bu 32 golning bir qanchasini mavsum gollari qatoriga qo‘shish mumkin.

Grimaldoning shanba kungi goli ham shunday gollar sirasiga kiradi, u mavsumda ikkinchi bor jarima zarbasidan darvoza to‘rini ishg‘ol etdi. Habi Alonsoni hozirdan «Real»ning keyingi bosh murabbiyi bo‘lishini aytishayotgani bejiz emas. Ispaniyalik murabbiyning o‘zi esa hali sentabr ekanini aytib kamtarlik qilmoqda, ammo yaqinda OAVda madridliklar klubi prezidenti Florentino Peres Alonsoni Karlo Anchelottining vorisi sifatida ko‘rayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

«RB Leypsig» – «Bavariya» 2:2
Gollar:
1:0 – 20 Openda, 2:0 – 26 Lukeba, 2:1 – 57, penalti Keyn, 2:2 – 70 Sane.
RB Leypsig – Blasvix, Xenrixs (Klostermann, 87), Lukeba, Simakan, Raum, Kampl (Zayvald, 64), Forsberg (Baumgartner, 72), Shlager, Simons, Poulsen (Sheshko, 72), Openda (Karvalyu, 86).
Bavariya – Ulrayh, Upamekano, Kim Min Je, Devis, Goretska (Gerreyru, 46), Kimmih, Laymer, Koman (Tel, 46), Sane, Musiala (Shupo-Moting, 87), Keyn.
Ogohlantirshlar: Keyn (38), Ulrayh (44), Upamekano (51), Simakan (54), Lukeba (64), Musiala (72), Tel (81).

Turning asosiy o‘yinidagi intriga nafaqat turnirdagi vaziyat tufayli, balki «Bavariya» avgust oyida Germaniya Superkubogi uchun o‘yinda sharmandalarcha mag‘lub bo‘lgani (0:3) ham sababli edi. Odatda myunxenliklar bunday zarbani kechirmaydi, ammo qayta qurish bosqichi ketayotgan jamoa to‘pga egalik qilsa ham, hujumlarni yakunlash bosqichida oqsamoqda. Jamoada qator muammolar bor, ulardan biri — darvoza chizig‘i. Ulrayh ilk daqiqalardan ishonchsiz harakat qilib, Forsbergdan maydonning ikkinchi qismidan yo‘llagan zarbasini o‘tkazib yuborishiga bir baxya qoldi.

Bu epizodda goldan qutulib qolindi, ammo kiperning to‘pga chiqishda xatosi Lukebaning goliga olib keldi. Shu tariqa, hisob 2:0 ko‘rinishiga yetdi, undan oldinroq esa mehmonlar mudofaasidagi parokandalik tufayli birinchi gol urilgandi. Shlager maydon markazidan turib Opendani oldinga taladi va vaziyatni to‘g‘rilashga uringan Kim Min Jening oyog‘i darvozabonning vazifasini og‘irlashtirgani qoldi. Ammo «Bavariya»ga qarshi o‘yindagi 2:0 hisobi hali g‘alaba degani emas.

Myunxenliklar o‘tgan mavsumda muammolar girdobida qolgandi, ammo bu bahorda chempionlikni nishonlashga to‘siq bo‘la olmagandi. Tomas Tuxel tanaffusdayoq ikki futbolchini almashtirdi va o‘yinda burilish yasadi. Dastlab penaltini aniq ijro etgan Keyn bundesligadagi sakkizinchi golini urdi, Sane esa Musialaning reydidan keyin hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha daqiqalarda Shupo-Moting Keynning uzatmasini golga aylantirishi ham mumkin edi. Ammo bu o‘yinga mos hisob bo‘lmasdi, o‘yin oxirida esa Ulrayh birga-bir vaziyatga chiqib kelayotgan Sheshkoni jarima maydoni tashqarisida qarshi olib, o‘z xatolarini yuvdi.

Fransiya: «Monako» Gattuzoning premerasini buzdi

«Klermon» – «PSJ» 0:0
Klermon – Diav, Konate, Kofriye, Pelmar, Seydu, Gonalon (Rashani, 69), Gasten, Manen (Keita, 90), Cham (Butobba, 84), Nikolson, Allevina (Zeffan, 84).
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Markinos, Shkrinyar, Danilu Pereyra, Fabian Ruis, Vitinya (Zair-Emeri, 64), Dembele, Mbappe, Kolo-Muani, Barkolya (Gonsalu Ramush, 64).
Ogohlantirishlar: Gonalon (57), Zair-Emeri (74), Mbappe (81), Konate (90), Fabian Ruis (90).

Fransiya chempionatida oldingi olti turdan keyin 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda joylashgan «Klermon» «PSJ» hujum chizig‘ini to‘xtata oldi. O‘tgan turda Mbappe jarohat olganidan keyin «Marsel»ga to‘rt gol urilgani bilan solishtirilsa, bu juda hayratlanarli natija bo‘ldi. Qolaversa, Kilian bu o‘yingacha tiklangandi, ammo foydasi bo‘lmadi. Mezbonlarning senegallik darvozaboni Diavu o‘z faoliyati uchun rekord darajada 10 ta seyv ijro etdi va tur ramziy jamoasidan o‘rin olishini kafolatladi.

«Monako» – «Marsel» 3:2 (2:2, 1:0)
Gollar:
0:1 – 1 Ndiay, 1:1 – 8 Akliush, 1:2 – 18 Jigo, 2:2 – 23 Balogun, 3:2 – 52 Akliush.
Monako – Ken, Vanderson, Maripan, Singo, Magassa, Yakobs (Diatta, 75), Zakariyo (Kamara, 90), Fofana, Akliush (Matazo, 75), Ben-Yyedder, Balogun (Boadu, 83).
Marsel – Lopes, Kloss, Mbemba, Jigo, Murilo, Veretu, Ronjye, Unai (Vitinya, 83), Korrea (Sarr, 75), Ndiay (Xarit, 48), Obameyang.
Ogohlantirishlar: Fofana (42), Korrea (54), Jigo (59), Zakariyo (59), Kloss (73), Matazo (76), Ronjye (77), Magassa (90).

«Monako» o‘yin oldidan asosiy ikki ijodkor futbolchisi — Golovin va Minaminoi yo‘qotgandi, shuningdek chempionatning eng yaxshi assistent himoyachilaridan biri Kayyu Enrike uzoq muddatga safdan chiqqan. «Marsel»da esa rahbariyatning fanatlar bilan muloqotidan keyin o‘zgarishlar boshlandi. Bosh murabbiylikdan bo‘shatilgan Marselino Toral o‘rniga Jyenaro Gattuzo olib kelindi.

Natijada muxlislar maydonda aql bovar qilmas bo‘lim guvohiga aylanishdi, bo‘lim davomida monegaskliklar safida Akliush qiyofasida yangi qahramon paydo bo‘ldi. Kamdan kam o‘yinlarda zaxiradan tushadigan ushbu yarimhimoyachi o‘zi ham gol urdi, derbida ikki penaltidan gol ura olmagan Balogunga gol urishda yordam berdi. Qizil-oqlar marselliklar safida o‘zini ko‘rsatgan Ndiayga shunday javob qaytarishdi.

U 31-soniyadayoq hisobni ochgan, keyinroq Jigoni golli pas bilan ta’minlagandi. Ammo mehmonlar himoyasi shu kuni ishonchsiz harakat qildi va ikkinchi bo‘limda Akliushning g‘alaba golin o‘tkazib yuborishdi.

Niderlandiya: darvozabonning qo‘rqinchli jarohati

«Ayaks» qatorasiga ikkinchi o‘yinni oxirigacha yetkaza olmadi. O‘tgan dam olish kunlarida bunga amsterdamlik fanatlarning harakatlari sabab bo‘lgandi, bu safar esa «Valveyk» darvozaboni Etiyenn Fassen qo‘rqinchli jarohat oldi. Mehmonlarning yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgan hujumchisi Brobbi o‘zini to‘xtata olmadi va darvozabonning boshiga borib urildi.

Maydonga darhol shifokorlar yugurib chiqishdi va uning yuragini massaj qila boshlashdi, hushini yo‘qotgan kiper gazonda yotdi, jamoadoshlari va stadion xodimlari esa uning atrofida halqa hosil qilib turishdi, mato tutgan holda o‘rtadagi vaziyatni kameralardan yashirishdi, shundan keyin Fassenni zambilga solgan holda maydondan olib chiqib ketishdi.

Shu pallada stadion suxandoni shunday dedi: «Biz seni sevamiz, Vassen». Muxlislar Etiyenni olqishlar bilan kuzatishdi va You’ll Never Walk Alone qo‘shig‘ini kuylashdi.

Ikki jamoa ham o‘yinni davom ettirmaslikka qaror qildi (bu vaqtda o‘yinning 87-daqiqasi o‘tib borayotgandi va hisob 2:3 edi. Keyinroq futbolchi shifoxonada o‘ziga kelgani xabar qilindi. Ammo u bo‘lgan voqeani eslay olmagan va qayerdaligini tushunmagan.

Ko‘proq yangiliklar: