AQSh hukumati shatdaunga yopilishi mumkin
Kongress yangi budjet bo‘yicha kelishuvga erisholmayapti. Bu 1 oktyabrgacha qabul qilinishi kerak.

Foto: Depositphotos
AQSh federal hukumati faoliyatini to‘xtatishi mumkin. Agar AQSh Kongressi 1 oktyabrgacha yangi budjet bo‘yicha kelishib olmasa, hukumat iste’foga chiqadi.
«Palatadagi respublikachilar hukumat faoliyatini to‘xtatishiga 18 soat qoldi», deyiladi Oq uyning ijtimoiy tarmoqdagi postida. Oq uy har soatda yangilangan postni e’lon qilmoqda. Unda «shatdaun»gacha qolgan soatlar kamaytirib borilmoqda.
CNN xabariga ko‘ra, AQSh Senati 29 sentabr o‘z ishini yakunlab, hukumatning qisqa muddatli budjeti rezolyutsiyasi loyihasi bo‘yicha ovoz berishni keyingi kunga qoldirdi. Bungacha Vakillar palatasi hukumatni qisqa muddatli moliyalashtirish haqidagi qonun loyihasini rad etgan, bu esa Oq uyga yoqmagan edi.
«Xarajatlarni kamaytirish va chegara xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga 232 kongressmen qarshi ovoz berdi, 198 nafari esa uni yoqladi. Hujjat oktyabr oyi oxirigacha amal qilishi kerak edi.
Tashabbus mualliflari barcha moddalar bo‘yicha xarajatlarni 30 foizga kamaytirishni taklif qilishdi. Faqat milliy mudofaa, ichki xavfsizlik, faxriylarning ehtiyojlari va tabiiy ofatlarni bartaraf etish xarajatlari istisno ekani aytildi.
Hozir ikkala palata ham «shatdaun»ning oldini olish va 2024-moliyaviy yil budjeti bo‘yicha muzokaralar uchun muxlatga ega bo‘lish maqsadida qisqa muddatli budjet versiyalarini tayyorlamoqda.
Mavzuga oid

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27
Yevropa Ittifoqi AQSh yangi tariflariga javob choralarini qo‘lladi

13:01