«Bugun medal yutishning iloji bo‘lmadi, keyingi safar albatta yutaman». 48 yoshli Chusovitina Nagoya-2026da ham ishtirok etmoqchi

Sport 00:40 / 29.09.2023 12550

Osiyo O‘yinlari-2022da OAV va xorijlik muxlislar e’tiboridagi sport yulduzlaridan biri Oksana Chusovitina bo‘lmoqda. O‘zbekistonlik gimnastikachining chiqishlari katta voqelik sifatida yoritilmoqda.

Bugungi bahslarda Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida final bahsida ishtirok etib, o‘z dasturlarini to‘rtinchi o‘rinda yakunladi. 48 yoshli atletimiz 13.383 ball jamg‘ardi.

Chiqishidan keyin Chusovitina miks-zonada bergan intervyusida u o‘zini yaxshi his qilayotgani va faoliyati hali davom etishini bildirdi.

«O‘zimni yaxshi his qilyapman. Barchaga rahmat, men sizning qo‘llab-quvvatlashingizni sezib turdim. Bu juda yoqimli edi. Afsuski, bugun medal yutishning iloji bo‘lmadi, ammo o‘ylaymanki keyingi safar albatta yutaman. Barchangizga rahmat, sizlardan minnatdorman», - deya keyingi safargi Osiyo O‘yinlarida ishtirok etishi mumkinligiga sha’ma qildi afsonaviy gimnastikachi.

;Ma’lumot uchun, 48 yoshli Chusovitina 1994 yilgi Xirosima-1994 Osiyo O‘yinlarida 2ta bronza, Pusan-2002da 2ta oltin, Incheon-2014da 2ta kumush, Jakarta-2018da kumush medali sohibi bo‘lgan. Navbatdagi Osiyo O‘yinlari 2026 yil Yaponiyaning Nagoya shahrida o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: