Yong‘in vaqtida qanday harakatlanish kerak?
• Og‘iz va burunni mato bilan yoping, imkoni bo‘lsa nam mato bilan;
• Yong‘indan uzoqlashing;
• Ko‘p qavatli uyda bo‘lsangiz, liftdan foydalanmang;
• Oynani ochib, oshiqcha kislorodning xonaga kirishiga yo‘l qo‘ymang, aks holda portlash sodir bo‘lishi mumkin;
• Yonuvchan suyuqliklarni (benzin, kerosin va boshqalar), shuningdek, elektr energiyasiga ulangan yonib turgan elektrjihozlarni suv bilan o‘chirmang.
101 — o‘t o‘chiruvchilarga xabar berish tartibi:
• Yong‘in chiqqan manzilni aniq ayting;
• Yong‘in obektini ayting (uyda, kvartirada, omborxonada va hokazo);
• Yong‘in predmetini ayting (lift, televizor, avtomobil, muzlatkich va hokazo)
• Zarur bo‘lsa — pod’yezd va xonadon raqami, binoning qavat, hududga qayerdan borish/kirish qulayligini ham bildiring;
• Familiyangiz va telefon raqamingizni qoldiring;
• Aniq va xotirjam gapiring.
Xona ichida, ko‘p qavatli bino yoki odam gavjum joyda yong‘in chiqsa:
• Agar yong‘in katta bo‘lmasa, uni istalgan mavjud vositalar yordamida o‘chirishga harakat qiling: o‘t o‘chirgich, istalgan zich mato, qum, suv va boshqalar;
• Elektr simlari bilan bog‘liq yong‘in chiqsa, maxsus shitdan ta’minotni uzing;
• Qo‘shni xonadagilarni, xodimlarni yong‘indan ogohlantirib, evakuatsiyaga chorlang;
• Gazni o‘chiring;
• Elektrjihozlarni ta’minotidan uzing;
• Chiqib ketish imkoni bo‘lsa, yong‘in maydonini tark eting;
• Keksalar va yoshlarga yong‘in hududini tark etishga ko‘maklashing;
• Pod’yezd yoki koridor tutun bilan to‘lishni boshlasa, chiqish eshigiga emaklagan holda boring;
• Xavfsiz joyni tanlang;
• Agar xonadan zinapoya orqali chiqish imkoni bo‘lmasa, xona tutun bilan to‘lmasligi uchun eshikni ichkaridan nam mato bilan yoping;
• Yong‘in shamol sabab alanga olmasligi uchun eshik va derazalarni o‘t o‘chiruvchilar kelguncha yopish lozim;
Avtomobil yoki jamoat transportida yong‘in chiqsa:
• Haydovchiga yong‘in haqida xabar bering;
• Mashinani to‘xtating, dvigatelni o‘chiring, uni tark eting;
• Jamoat transportida avariya lyuki va yon oynalardan foydalanib, tartib bilan tashqariga chiqing;
• O‘t o‘chiruvchilar kelguncha yong‘inni o‘t o‘chirgich, qum, suv yoki qor bilan (qishda va qor bo‘lsa) o‘chirishga harakat qiling;
• Mashina kapotida yong‘in chiqsa, uni qo‘l bilan o‘t o‘chirgichsiz ochmang. Ochish vaqtida havo oqimi sabab yong‘in alanga olishi kuchayadi;
• Yoqilg‘i baki portlashi xavfi borligi sabab, yong‘inni jilovlab bo‘lmasa, mashinadan uzoqlashing.
Dasht yoki o‘rmonda yong‘in yuz bersa:
• Yong‘inni zich mato, tuproq, bargli daraxt shoxlari bilan o‘chirishga harakat qiling;
• Agar yong‘inni o‘chirgan bo‘lsangiz, bunga amin bo‘ling, qayta alanga olmasligiga ishonch hosil qiling;
• Yong‘in kuchli bo‘lsa, undan uzoqlashing. Yong‘in tarqalishiga perpendikulyar harakat qiling;
• Ketish imkoni bo‘lmasa, yaqin atrofda suv (saqlagich, sisterna, quduq va hokazo) bo‘lsa, unga tushing va bosh qismingizni nam mato/kiyim bilan yoping oling;
• Yong‘in ochiq maydonda bo‘lsa, tutun kamroq joyda egilib harakatlaning.
Yong‘in vaqtida nima qilmaslik kerak:
• Esdan chiqqan buyumni olib ketish uchun yong‘in joyiga qaytmang. Bu yong‘in vaqtida eng ko‘p takrorlanadigan xatolardan biri. Tartibsizlik orasida sizni hech kim izlamasligi ham mumkin. Sog‘lingiz hech bir buyumdan ustun emas;
• Yong‘inni o‘chirishga ko‘zingiz yetmasa, oxirgi daqiqagacha uni bartaraf etish uchun qolib ketmang. Bu fojiali yakunlanishi mumkin. Jiddiy kuyish jarohati olish xavfidan tashqari tutun sabab odam hushidan ketib, binoda qolib ketishi mumkin. Yong‘in vaqtida o‘lim holatlari ko‘proq olovdan emas, balki aynan tutundan bo‘g‘ilib qolishdan sodir bo‘ladi;
• Yonuvchan moddalarni suv bilan o‘chirmang. Agar suv bilan o‘chirilsa, yong‘in tez tarqalib ketadi;
• Balkon yoki derazadan qutqaruvchilarsiz yuqori qavatdan tushishga harakat qilmang. Arqon yoki matolar bilan tushishga harakat qilish yakunda jiddiy jarohatlar bilan yakunlanishi mumkin;
• Yong‘indan qochib yuqori qavatga ko‘tarilmang. Yong‘in va tutun tepaga qarab ko‘tariladi. Liftdan emas, zinapoyadan tushing;
• Karavot tagiga yoki shkaf ichiga yashirinmang. Qutqaruvchilar sizni topa olmasligi, tutundan bo‘g‘ilib, hushdan ketgan holda qolib ketishingiz mumkin.