«Siti»da ilk mag‘lubiyat, Ispaniyada sensatsiya jamoa peshqadam. Kun o‘yinlari yakunlari

Sport 15:45 / 28.09.2023 23607

Angliya: «Chelsi»da hayot alomatlari

«Nyukasl» – «Manchester Siti» 1:0
Gol:
1:0 – 53 Isak.
Nyukasl – Poup, Livramento, Dammett (Sher, 90), Lassels, Targett, Tonali (Anderson, 90), Mayli (Bruno Gimaraes, 46), Holl (Gordon, 46), Merfi, Joelinton, Isak (Almiron, 62).
Manchester Siti – Ortega, Ake (Mateush Nunesh, 68), Akanji, Gvardiol, Lyuis, Serxio Gomes, Kovachich (Doku, 68), Grilish, Fillips, Bobb, Alvares (Foden, 73).

Angliya ligasi kubogining uchinchi raundi doirasidagi markaziy o‘yinda APLda mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan «Manchester Siti» taslim etildi va buni tasodifiy natija deb bo‘lmaydi. Birinchi bo‘limda to‘pga egalik qilish bo‘yicha 70 foizlik ko‘rsatkich qayd etgan «shaharliklar» bundan naf chiqara olishmadi va darvoza sohasi tomon faqat bir marta aniq zarba yo‘llashdi. «Nyukasl» ham birgina zarba bilan cheklangan, ammo bu yaqqol golli vaziyat edi. Joelinton Myorfini juda qulay vaziyatga chiqargandi, ammo Ortega oyoqlari bilan to‘pni to‘sib, mehmonlarni qutqarib qoldi. «Qarg‘alar» tanaffusdan keyin baribir o‘z golini urishdi. Joelintonning bu safargi sa’y-harakatlaridan keyin to‘p bo‘sh burchak qarshisida turgan Isakka borib tushdi va undan shunchaki to‘pga teginib qo‘yish talab etilardi.

«Brentford» – «Arsenal» 0:1
Gol:
0:1 – 8 Nelson.
Brentford – Flekken, Roerslev (Goddos, 63), Yorgensen (Ayyer, 82), Pinnok, Kollinz, Hiki (Olakigbe, 79), Nergor (Yyensen, 63), Yanelt, Oneka (Lyuis-Potter, 79), Vissa, Mbemo.
Arsenal – Remsdeyl, Uayt (Zinchenko, 69), Tomiyasu, Gabriel, Kiver, Jorjino, Haverts, Smit-Rou (Edegor, 82), Nelson (Al-Nenni, 82), Nketia (Suaresh, 87), Sago (Gabriel Jyezus, 68).

«Liverpul» – «Lester» 3:1
Gollar:
0:1 – 3 Makatir, 1:1 – 48 Gakpo, 2:1 – 70 Soboslai, 3:1 – 89 Diogu Jota.
Liverpul – Kelleher, Konate, Kuansa, Simikas (Chembers, 90), Endo, Gravenberh (Nunes, 65), Elliott, Jons (Baychetich, 79), Diogu Jota, Gakpo, Douk (Soboslai, 65).
Lester – Stolyarchik, Rikardu Pereyra, Koudi, Suttar, Jastin, Chouduri, Kazadei (Ndidi, 57), Olbrayton (Fatau, 64), Makatir, Akgyun (Dyuzberi-Holl, 65), Iheanacho (Daka, 64).

«Chelsi» – «Brayton» 1:0
Gol:
1:0 – 50 Jyekson.
Chelsi – Sanches, Kukurelya, Disasi, Koluill, Chiluell, Matsen (Gallaher, 75), Mudrik (Sterling, 68), Palmer (Fernandes, 75), Kaysedo, Ugochukvu, Jyekson (Broya, 87).
Brayton – Verbryuggen, Lempti, Igor Julio, van Xekke, Estupinyan, Daud (Xinshelvud, 70), Mitoma (Uelbek, 64), Buonanotte (Lallana, 78), Baleba (Gilmor, 64), Fati (March, 46), Joao Pedro.

Yana ikki top-klub kutilgan g‘alabaga erishdi. «Arsenal»ga Nelsonning tezkor goli yetarli bo‘ldi. «Liverpul» esa chempionshipga tushib ketgan «Lester»dan tezkor gol o‘tkazib yubordi. Ammo qizillar ikkinchi bo‘limda raqib mudofaasini yengib o‘tdi va uchta gol urdi. Bu kutilgan natijalar edi, inqirozdagi «Chelsi»ning natijasi esa alohida ajralib turdi.

Ansu Fati boshlang‘ich tarkibda tushgan «Brayton» bilan o‘yindagi g‘alaba — ko‘klar uchun burilish nuqtasiga aylanadimi? Ha, bu hali Liga kubogi, ammo hozirgi holatda londonliklar uchun har qanday yutuq muhim. Ikkinchi bo‘limda g‘alaba golini urgan Jyekson kuzgi qurg‘oqchilikka barham berdi — «Chelsi» futbolchilari oxirgi bor 30 avgust kuni gol urishgandi. O‘sha gol ham Angliyadagi uchinchi darajali turnirda urilgandi.

«MYu» – «Kristal Pelas» 3:0
Gollar:
1:0 – 21 Garnacho, 2:0 – 27 Kazemiro, 3:0 – 55 Marsiyal.
Manchester Yunayted – Onana, Diogu Dalot, Varan (Evans, 61), Maguayr, Amrabat (Gor, 61), Kazemiro, Maunt (Lindelyof, 46), Pelistri, Mejbri (van de Bek, 71), Garnacho, Marsiyal (Hoylund, 75).
Kristal Pelas – Henderson (Jonston, 19), Klayn, Holding, Richards, Mitchell, Shlupp (Eze, 60), Ridevald (Ozo, 80), Dukure (Xyuz, 60), Rak-Saki (Gehi, 46), Ayyu, Mateta.

«MYu» ham bu turnirdan APLdagi muvaffaqiyatsizlarni yopish uchun foydalanmoqda. Erik ten Hag shogirdlari oddiy bo‘lmagan raqibga qarshi o‘yinda ishonchli g‘alabaga erishib, keyingi bosqichga o‘tishdi. Natija amalda birinchi bo‘limdayoq hal bo‘ldi va gollar o‘zini ko‘rsatishi talab etilgan futbolchilar tomonidan urildi. Birinchi gol muallifi Garnacho 13 maydan buyon ilk bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi, Mauntning burchakdan Kazemironing boshiga uzatmasi esa yozda «Chelsi»dan Manchesterga kelgan futbolchi uchun yangi klubidagi ilk samarali harakat bo‘ldi. Uchinchi gol muallifi Marsiyalni ham shu toifaga qo‘shsa bo‘ladi.

Liga kubogining keyingi bosqichi uchun qur’a natijalari:

Ispaniya: «Barselona» yana iroda ko‘rsatdi

«Mallorka» – «Barselona» 2:2
Gollar:
1:0 – 8 Muriki, 1:1 – 41 Rafinya, 2:1 – 45 Prats, 2:2 – 75 Lopes.
Malorka – Raykovich, Gonsales (van der Heyden, 85), Nastasich, Valent, Kopete, Maffeo (Kosta, 35), Dani Rodriges (Morlanes, 85), Sanches (Larin, 62), Samu Koshta, Prats (Darder, 62), Muriki.
Barselona – ter Stegen, Joau Kanselu, Martines (Kunde, 78), Arauxo, Balde, Gundo‘g‘an, Romeu (Lopes, 64), Gavi, Rafinya, Joau Feliks (Yamal, 64), Ferran Torres (Levandovski, 58).

Seshanba oqshomida o‘z murabbiylik faoliyatidagi 200-o‘yinini o‘tkazgan Xavi bu mavsumda tarkibni muntazam rotatsiya qilishi va bu hatto eng asosiy futbolchilarga ham taalluqli bo‘lishini va’da qilgandi. «Mallorka»ga qarshi o‘yinda markaziy himoyachilar juftligi almashtirildi va la liganing eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘lib turgan Levandovski zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi.

Ammo birinchi bo‘lim polyak hujumchisisiz vazifani uddalab bo‘lmasligini ko‘rsatdi, u o‘tgan turda «Selta»ga qarshi o‘yinda kambek (3:2) amalga oshishida asosiy ishlarni bajargandi. Bu o‘yinda ko‘k-anorranglilar yana bir bor o‘ziga muammo o‘ylab topishdi, Ter Shtegenning ehtiyotkorsizlik bilan bergan pasi yakunda Muriqi ijrosidagi golga olib keldi.

Tanaffus arafasida ro‘y berishi kutilgan burilish amalga oshmadi. Rafinya jarima zarbasini golga aylantirib, hisobni tenglashtirgandi, ammo u ikkinchi imkoniyatdan foydalana olmadi, himoyachilardan qochib ketgan braziliyalik futbolchining zarbasi biroz yuqoridan o‘tib ketdi. Mezbonlar darvozaboni Raykovich ham bo‘lim oxirida qahramonlik ko‘rsatdi. Ushbu serbiyalik avvaliga Joau Feliksning pastki burchakka yo‘llagan murakkab zarbasini qaytardi. Keyin esa u to‘pni oldinga tashlab berganida, Muriqi bosh bilan oldinga pas berdi, jarima maydoni ichiga kirib borgan Prats Arauxo bilan to‘p uchun kurashda ustun keldi va to‘pni Ter Shtegenning yonidan o‘tkazib darvoza to‘riga yo‘lladi.

Xaviyer Agirre shogirdlari bu vaqtgacha 11 yildan buyon o‘z uyidagi o‘yinlarda «Barsa» darvozasini ishg‘ol eta olmayotgandi. Amaldagi chempionlar esa yetti tur ichida sakkiz gol o‘tkazib yuborishga ulgurdi. Holbuki kataloniyaliklarda buncha gol faqat 25 o‘yindan keyingina o‘tkazilgandi.

Ikkinchi bo‘limda Feliksning yana bir zarbasi ustunga tegdi. Yamal maydonga tushishi bilan penalti ishladi, ammo bosh hakam videotakrordan keyin qarorini bekor qildi. Yosh futbolchi tushkunlikka tushmadi va baribir ikkinchi golni tashkillashtirdi. Uning qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan Rafinyaga uzatgan kesib o‘tuvchi pasi ideal darajada edi, Levandovski esa to‘pni oyoqlari orasidan o‘tkazib yuborib, o‘zidan qulayroq vaziyatda turgan Fermin Lopes darvozani osonlik bilan ishg‘ol etishini ta’minladi. Ammo «Barsa»da yana bir irodali g‘alaba uchun kuch yetishmadi, qolaversa, «Mallorka» shu kuni o‘zi uchun eng noqulay raqibga qarshi 12 o‘yindan iborat mag‘lubiyatli seriyasiga barham berishga loyiq o‘ynadi. Ushbu jamoa g‘alabani ilib ketishi ham mumkin edi, ammo hakam qo‘shib bergan daqiqalarda yaxshi hujum Larinning xatosi tufayli barbod bo‘ldi.

«Real» – «Las-Palmas» 2:0
Gollar:
1:0 – 45 Braim Dias, 2:0 – 54 Hoselu.
Real  – Arrisabalaga, Nacho, Alaba (Vaskes, 41), Ryudiger, Mendi (Fran Garsiya, 77), Valverde, Braim Dias (Sebalos, 57), Tchuameni, Kamavinga (Kroos, 77), Rodrigo, Hoselu (Vinisius Junior, 57).
Las-Palmas – Vales, Arauxo, Kurbelo, Koko, Sinkgraven (Kardona, 46), Viyera (Perrone, 77), Xavi Munos (Luaodis, 77), Mfulu (Rodriges, 46), Munir, Kaba (Marvin, 57), Errera.

O‘tgan turda Madrid derbisida mag‘lub bo‘lgan Karlo Anchelotti jamoasi esa «Las-Palmas»ga qarshi o‘yinda o‘z maqsadiga erishdi, «Santyago Bernabeu»da jamoaning yozdagi xaridlari, aniqrog‘i «Qirollik klubi»ga qaytib kelgan futbolchilar gol urishdi.

O‘yinda hisobni ochgan Braim Dias «Real» safida besh yil ichida ilk bor boshlang‘ich tarkibda tushirilganini oqladi. O‘tgan safar unda bunday imkoniyat bo‘lganida jamoaga Zidan ustozlik qilardi. Hoselu esa uy uchrashuvlarida samarali bo‘lmoqda — u joriy mavsumdagi to‘rt uy o‘yinida to‘rt gol urgan. U bu bilan o‘ziga xos natija qayd etdi — shu vaqtgacha jamoada hech kimda bunday ko‘rsatkich bo‘lmagan.

Vilyarreal – Jirona 1:2
Gollar:
1:0 – 49, penalti Parexo, 1:1 – 56 Dovbik, 1:2 – 61 Erik Garsiya.

Ertak davom etadi. «Jirona» – La Liganing yangi yetakchisi. 

Bu safar «Vilyarreal» Michel jamoasi qurboni bo‘ldi – mehmonlar o‘yin bo‘yicha ham ustunlik qilib 2:1 hisobida g‘alaba qozondi: «Jirona» 90 daqiqa davomida 10 ta golli vaziyat yaratdi, mezbonlar ikkita vaziyat bilan javob qaytara oldi. Zarbalar bo‘yicha 14-9. O‘yindagi hal qiluvchi golni «Barsa» fanatlariga yaxshi tanish bo‘lgan futbolchi – Erik Garsiya urdi.

«Jirona» raqobatchilarning yo‘qotishlari yordam berdi: «Real» bu turda «Las-Palmas»ni yenggan bo‘lsa-da, oldingi turda «Atletiko»ga yutqazgandi; «Barsa» kutilmaganda «Mallorka» bilan durang o‘ynadi. «Atletiko» esa ikkita kam o‘yin o‘tkazgani tufayli hali uzoqda.

«Jirona» 93 yillik tarixida ilk bor chempionatda peshqadam bo‘lib oldi. Bu jamoa 2016/17 yillar mavsumiga qadar hech qachon La Ligaga ham chiqmagandi, o‘tgan mavsumda esa yevrokuboklarga yo‘llanma olishiga bir baxya qolgandi.

«Barsa» va «Jirona» – La Ligada mag‘lubiyatga uchramagan ikki jamoa bo‘lib qolmoqda. Bu ikki jamoa 18 tadan gol urgan – bu ligadagi eng yaxshi ko‘rsatkich. «Jirona» Madrid jamoasini 1 ochkoga ortda qoldirilmoqda. Keyingi turda ushbu ikki jamoa «Montilivi»da o‘zaro uchrashuv o‘tkazadi.

Kun statistikasi

  • «Atletik» yarimhimoyachisi Sanset joriy mavsumda top-5 ligalarda ikkita qizil kartochka ko‘rsatilgan 1-futbolchi bo‘ldi.
  • «Jirona» Ispaniyada hech qachon chempion bo‘lmagan, ammo startdagi 7 turda 19 ochko jamg‘arishga erishgan 4-jamoa bo‘ldi. Bungacha bunday start «Espanol» (1932 va 1952 yillarda) hamda «Sporting» Xixon (1979 yil) klublari tomonidan qayd etilgan.
  • PSV hujumchisi Lyuk de Yong Niderlandiya chempionatidagi gollari sonini 155 taga yetkazdi. U Huntelarni ortda qoldirgan holda turnirning XXI asrdagi eng yaxshi to‘purariga aylandi.
  • 574 daqiqa — o‘tgan mavsum oxiridan buyon — «Empoli» A Seriyada gol ura olmayapti.
Ko‘proq yangiliklar: