O‘t ichidagi o‘chiruvchilar va vayronalar. Sergelidagi portlash joyidan suratlar
Sergeli tumanidagi omborxonada ro‘y bergan portlash oqibatlariga qarshi kurash ishlari davom etmoqda. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lib, 163 kishi turli darajada tan jarohatlari olgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.
Toshkent shahar Sergeli tumanidagi omborxonada kuchli portlash ortidan boshlangan yong‘in oqibatlariga qarshi kurash ishlari davom ettirilmoqda.
Portlash kuchidan obekt atrofidagi ko‘p qavatli uylar va boshqa binolarning oynalari sinib ketgan.
Voqeaga joyiga FVVning barcha bo‘linmalari, o‘nlab tez yordam mashinalari, hokimlik va barcha kuch tuzilmalari vakillari yetib borgan. Yong‘inni o‘chirish va aholiga yordam berish ishlariga Mudofaa vazirligi kuch va texnikalari jalb etilgan.
Mazkur holat yuzasidan IIV Tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «a» va «b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Kun.uz muxbirlari yong‘in hududidan fotoreportaj tayyorladi.
Mavzuga oid

10:11 / 15.02.2025
G‘ijduvonda yana bir uy portlagani ma’lum bo‘ldi. Qurbon bor

10:18 / 13.02.2025
G‘ijduvonda gaz to‘planib qolishi oqibatida uy portladi

17:36 / 25.01.2025
Qozog‘istondagi neft bazasida portlash sodir bo‘ldi

18:40 / 05.01.2025