Jaloliddin Masharipov Gretsiya klubi bilan shartnoma imzoladi

Sport 00:02 / 28.09.2023 13309

O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Yevropada davom ettiradi.

Gretsiyaning «Panserraikos» klubi O‘zbekiston milliy jamoasining 30 yoshli hujumkor yarimhimoyachisi bilan bir yillik shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi.

Masharipov «An-Nasr» klubini tark etgach, Gretsiya jamoasi safiga erkin agent sifatida qo‘shilgan.

Ma’lumot uchun, «Panserraikos» klubi Serre shahri sharafini himoya qiluvchi klub sanaladi. Ushbu jamoa Gretsiya Superligasida 5-turdan keyin 6 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. «Panserraikos» so‘nggi 3 o‘yinida durang qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, Masharipov so‘nggi bir oy davomida «Paxtakor» safida mashg‘ulot o‘tkazayotgandi.

Ko‘proq yangiliklar: