O‘zbekiston va Singapur 5 ta sohada hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

Iqtisodiyot 08:16 / 26.09.2023 18405

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Oybek Hamroyev Singapurning Surbana Jurong Group kompaniyasi bosh direktori Shon Chao bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar asosiy e’tiborini suv ta’minoti va suv resurslarini boshqarish sohasidagi joriy loyihalarni amalga oshirish jarayoniga qaratdi. Shuningdek, kelgusi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar transport va logistika, neft-kimyo, qayta tiklanadigan energetika, shaharsozlik va infratuzilma sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

Ma’lumot uchun, Surbana Jurong Group 2015 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shaharsozlik va infratuzilma sohalarida Singapurning eng yirik konsalting kompaniyasi hisoblanadi. 40 ta mamlakatda jami 16 ming xodimga ega 120 dan ortiq idoralari mavjud. Kompaniya shu kungacha 16 mingdan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.

Ko‘proq yangiliklar: