Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
Kun.uz manbasiga ko‘ra, DXXdagi kabi IIV tizimidagi iste’folar ham o‘tgan oyda Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd bilan bog‘liq hisoblanadi.

Doniyor Toshxo‘jayev / Foto: Kun.uz
Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan, IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i polkovnik Ahrorjon Xalimjonovich Adhamov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu buyruqqa ko‘ra, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev ham lavozimidan ham ozod etilgan.
Ayni paytda, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining buyrug‘i bilan, boshqarmaning Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sobirov Timur Akramovich lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avvalroq Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olinib, mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov DXX raisligiga tayinlangan edi. Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Xolmuhammedov mudofaa vaziri lavozimida ish boshlagan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, DXXdagi kabi IIV tizimidagi iste’folar ham o‘tgan oyda Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd bilan bog‘liq hisoblanadi.
- Ahrorjon Adhamov va Timur Sobirov egallab turgan lavozimlariga qachon tayinlangani ma’lum emas. Ichki ishlar vazirligi 2019 yil iyun oyida Ahrorjon Adhamov Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlanganini xabar qilgan. U shuningdek, Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.
- Polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev 2019 yil iyuniga qadar Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2019 yil yanvar–iyun oylarida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari – Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2019 yil iyunida IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i etib tayinlangan. 2020 yil yanvar oyida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilib, bu lavozimda 2022 yil fevraligacha ishlagan. Toshxo‘jayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida 2023 yil avgustdan buyon ishlab kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48 / 25.07.2025
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

22:49 / 24.07.2025