O‘zbekiston mahsulotlari ko‘proq Rossiya va Xitoyga sotilyapti 

Iqtisodiyot 08:23 / 26.09.2023 21012

2023 yil yanvar-avgust oyida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Rossiya yetakchiga aylandi – 1,9 mlrd dollar.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 1,7 mlrd dollar hamda 961 mln dollarlik savdo aylanmasi bilan Xitoy va Turkiya joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
 
Qozog‘iston – 951 mln;
Afg‘oniston – 538 mln;
Qirg‘iziston – 492 mln;
Tojikiston – 389 mln;
Fransiya – 262 mln;
Pokiston – 174 mln;
BAA – 171 mln AQSh dollari.

2023 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 6,5 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.

Keyingi o‘rinlardan 4,2 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 1,9 mlrd dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozog‘iston joy oldi.

Ko‘proq yangiliklar: