Hangjou-2022. O‘zbekiston olimpiya jamoasi Hongkongni mag‘lub etib, 1/8 finalga peshqadam sifatida yo‘l oldi

Sport 15:01 / 25.09.2023 19212

Uchrashuvda hongkongliklar 4-daqiqadayoq hisobni ochganiga qaramay, Temur Kapadze shogirdlari ikkinchi bo‘limdagi gollar evaziga g‘alabaga erishdi. 54-daqiqada Alisher Odilov penaltidan foydalana olmagan bo‘lsa, 10 daqiqa o‘tib Alibek Davronov hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagan Jasur Jaloliddinov va Husayn Norchayev 70-daqiqada kombinatsiya uyushtirib, vaziyat Jasurning goli bilan yakunlandi – 2:1.

Shu tariqa, O‘zbekiston «S» guruhida 6 ochko bilan 1-o‘rinni egallab, 1/8 finalga yo‘llanma oldi. Hongkong esa 2-o‘rin bilan nimchorakfinalga chiqdi. Qayd etish joiz, guruhdagi ikki raqib – Suriya va Afg‘oniston turnirga kelmagani sababli jamoalar 1-o‘rin egasini shu tarzda aniqlashdi.

O‘zbekiston 1/8 finalda Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 28 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Hongkong esa Yaponiyaga raqiblik qiladi.

Osiyo O‘yinlari-2022. Futbol.
«S» guruhi. 2-tur. Hangjou.
O‘zbekiston U23 – Hongkong U23 – 2:1

Gollar: Alibek Davronov 64, Jasur Jaloliddinov 70 – Li Ngai 4
Noaniq penalti: Alisher Odilov, 54.
O‘zbekiston U23: 21.Hamidullo Abdunabiyev, 3.Mahmudjon Mahamadjonov, 6.Behzod Shamsiyev (14.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 81), 13.Eldorbek Begimov, 16.Asadbek Rahimjonov, 18.Alibek Davronov, 8.Ibrohim Ibragimov (17.Abdurauf Bo‘riyev, 63), 9.Ulug‘bek Hoshimov (19.Husayin Norchayev, 46), 15.Sherzod Esanov (10.Jasurbek Jaloliddinov, 46), 7.Hojimat Erkinov, 22.Alisher Odilov (20. Ruslanbek Jiyanov, 63).

Ko‘proq yangiliklar: