Hangjou-2022. Murodjon Yo‘ldoshev O‘zbekistonga 4-oltin medalni keltirdi

Sport 16:12 / 25.09.2023 12405

Dzyudochi Murodjon Yo‘ldoshev O‘zbekiston delegatsiyasining bugungi hisobdan uchinchi, umumiy hisobda esa to‘rtinchi oltin medalni taqdim qildi.

-73 kg vazn toifasining chempionlik bahsida tatamiga chiqqan Yo‘ldoshev yaponiyalik Soichi Hashimotoni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha dzyudochi Diyor Keldiyorva dastlabki oltinga egalik qilgan bo‘lsa, akademik eshkak eshishning yakkalik bahslarida Anna Prakaten 2-oltin medalni keltirdi. Akademik eshkak eshuvchilardan M4 dasturida Shehroz Hakimov, Davr Davronov, Dilshod Xudoyberdiyev va Alisher Turdiyev kvarteti 3-oltin medalni taqdim etgandi, 4-oltin Murodjon Yo‘ldoshev nomiga yozildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston jami 12 ta (4 tadan oltin, kumush va bronza) medal bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinda bormoqda. Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya peshqadamlar uchligini tashkil etgan.

Medallar jamg‘armasi. 25 sentabr holatiga ko‘ra:

 

Ko‘proq yangiliklar: