Hangjou-2022. Diyora Keldiyorova O‘zbekistonga dastlabki oltin medalni keltirdi, Kurbonovada bronza

Sport 14:53 / 24.09.2023 17860

Ushbu muvaffaqiyatga samarqandlik dzyudochi Diyora Keldiyorova erishdi. -52 kg vazn toifasida bahs olib borgan sportchimiz BAA vakili Birshelt Xorlodoini mag‘lubiyatga uchratib, o‘z g‘alabalari orasiga Osiyo o‘yinlari chempionligini ham qo‘shib qo‘ydi. 

Foto: MOQ

Shuningdek, Halima Qurbonova dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosining ilk medaliga mualliflik qildi. Hamyurtimiz bronza medali uchun bahsda janubiy koreyalik Xekeong Liga qarshi tatamiga chiqishi kerak edi. Biroq raqib sportchi kurashmagani uchun hamyurtimiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasining turnirdagi jami medallari soni 6taga yetdi. Keldiyorvaning oltin medali va Halima Qurbonovaning bronzasidan tashqari, «Pochin» akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida yengil vazn toifasidagi juftlik dasturida ishtirok etgan Luizaxon Islomova hamda Malika Tagmatova kumush medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida yengil vaznli sportchilar bahsida Shahzod Nurmatov hamda Sobirjon Safaraliyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi. M2x dasturida ishtirok etgan Shahboz Xolmirzayev hamda Mehrojbek Mamatqulov juftligi ham kumush medalini qo‘lga kiritdi. M2- dasturida qatnashgan akademik eshkak eshuvchilarimiz Shehroz Hakimov hamda Dilshodjon Xudoyberdiyev marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tib, kumushga ega chiqdi.

Vakillarimiz hozircha umumjamoa hisobida Xitoy va Janubiy Koreyadan keyin 3-o‘rinda bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: