Yunon-rum kurashi. Aram Vardanyan Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Sport 13:05 / 23.09.2023 12466

Yunon-rum kurashchimiz Aram Vardanyan Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylandi. Sportchimiz ushbu natijaga Serbiyada o‘tayotgan jahon chempionatida kuchli beshlikdan o‘rin olish orqali erishdi.

-77 kg vazn toifasida ishtirok etgan Vardanyan bronza medali uchun bahsda yaponiyalik Nao Kusakaga imkoniyatni boy berdi. So‘ng Olimpiada yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Demeu Jadirayevga qarshi gilamga chiqdi. Ushbu bahs yurtdoshimizning g‘alabasi bilan yakunlandi va Aram 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchisiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Vardanyan O‘zbekiston hisobiga 3-yo‘llanmani taqdim etdi. Bungacha gimnastikachi Taxmina Ikromova hamda erkin kurashchi Jabroil Shapiyev Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanmani naqd qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: