Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yevrouchlik» va AQSh Eronni AEXA inspektorlarini qaytarishga chaqirdi
Eronning yadroviy dasturi faqat tinch maqsadda bo‘lishini ta’minlash uchun ushbu davlat AEXA bilan to‘liq hamkorlik qilishi kerak. Bu haqda Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Qo‘shma Shtatlar bayonot berdi.

Foto: Michael Gruber/AP Photo/picture alliance
Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSh Eronni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning (AEXA) bir necha inspektorlari akkreditatsiyasini qaytarib olish haqidagi qarorini «zudlik bilan bekor qilishga» chaqirdi. Bu haqda Britaniya hukumati tomonidan 18 sentabr, dushanba kuni chop etilgan to‘rtta davlatning qo‘shma bayonotida aytiladi.
Hujjatda aytilishicha, Islom Respublikasi «inspektorlarning akkreditatsiyasini qaytarib olish qarorini zudlik bilan bekor qilishi va agentlik bilan Eron yadroviy dasturi faqat tinch xarakterga ega bo‘lishini ta’minlash uchun to‘liq hamkorlikda bo‘lishi kerak». Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Qo‘shma Shtatlar «AEXAni va butun dunyo xavfsizligi bog‘liq bo‘lgan xalqaro tekshirish rejimini to‘liq qo‘llab-quvvatlashda davom etadi», deya ta’kidlaydi u.
To‘rt davlat Tehronni «agentlikning tekshirish va kuzatish sohasidagi rejalashtirish ishiga qasddan putur yetkazishda» aybladi. Ta’kidlanishicha, AEXAda hali ham «deklaratsiya qilinmagan yadroviy materiallar va Eronda amalga oshirilgan faoliyatlar bo‘yicha jiddiy, uzoq davom etgan va hal etilmagan savollar» mavjud bo‘lib, ularga Islom Respublikasi «to‘rt yildan ko‘proq vaqt davomida javob bermagan».
Eron AEXA inspektorlarining uchdan bir qismi akkreditatsiyasini bekor qildi
Tehron 16 sentabr kuni AEXAga mamlakatdagi bir necha agentlik inspektorlarining akkreditatsiyasini bekor qilayotgani haqida ma’lum qilgan. Umuman olganda, Erondagi AEXA inspektorlarining taxminan uchdan bir qismi ishdan chetlashtirildi, dedi agentlik rahbari Rafael Grossi. Akkreditatsiyasi bekor qilingan ekspertlar Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaning (YaQsh) kafolatlar to‘g‘risidagi bitimi doirasida tekshiruv o‘tkazgan. AEXAning ta’kidlashicha, chaqirib olingan barcha xodimlar «boyitish texnologiyalari sohasida noyob bilimga ega» agentlik mutaxassislari bo‘lgan.
Eron Tashqi ishlar vazirligi inspektorlarning chiqarib yuborilishi AQSh, Fransiya, Germaniya va Britaniyaning «siyosiy suiiste’moliga» javob ekanligini bildirdi. Umuman olganda, OAV xabarlariga ko‘ra, Fransiya va Germaniyadan sakkiz nafar inspektor akkreditatsiyadan mahrum qilingan.
Grossi, shuningdek, 18 sentabr kuni Tehronni qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirib, Eron rasmiylarining hamkorlikdan bosh tortishi jiddiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirgan. «Agar ular AEXA bilan hamkorlik qilmasa, xohlagan narsaga erisha olmaydi: ular ko‘rmoqchi bo‘lgan kafolatlar, ko‘rmoqchi bo‘lgan tasdiqlar, xalqaro hamjamiyatning ma’qullashi», dedi Grossi AFP’ga.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston ko‘chmas mulk bozori. Narxlar qanday?
Ko‘chmas mulk | 15:35
-
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33
-
Rossiya universitetlarining o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalari oshishi mumkin
O‘zbekiston | 15:25
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi xizmatlar mustaqilligi bekor qilinishi mumkin
Jahon | 15:09
Mavzuga oid

22:18 / 22.07.2025
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV

07:52 / 22.07.2025
Yevropa davlatlari Eron bilan muzokaralar olib borishga kelishib oldi

08:24 / 18.07.2025
AQSh va Yevropa Eron yadroviy kelishuvi uchun dedlayn belgilaydi

22:51 / 17.07.2025