Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kontraktatsiya yana yopildi. 28 mingta shartnoma 2 soat ichida tugagani aytilmoqda
18 sentabr soat 15:54 da UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo modellari uchun qo‘shimcha kontraktatsiya ochilganini e’lon qilgan edi. Oradan 2 soat o‘tar-o‘tmay, jarayon to‘xtatilgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Kun.uz
Kompaniya matbuot xizmati Kun.uz so‘roviga soat 18:10 da bergan javobida limit to‘lgani uchun sotuv jarayoni to‘xtaganini tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, bu jarayonda qariyb 28 mingta shartnoma ochilgan va ularning barchasi 2 soat ichida o‘z egasini topib ulgurgan.
Bu jarayonda, shartnoma tuzish faqat dilerlik markazlarida amalga oshirildi, odatdagidan farqli ravishda kontraktni onlayn tarzda olishning imkoni berilmadi.
Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors ommabop modellari sotuvini 8 oylik tanaffusdan keyin shu yil avgust oyi boshida qayta tiklagan, o‘shanda avtosalonlarda kuzatilgan ajiotaj fonida 50 mingdan ortiq avtomobil uchun shartnomalar bir sutka ichida tarqatib bo‘lingani aytilgandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Putin Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishiga ishonmoqda
Jahon | 22:34
-
Linda Yakkarino X ijtimoiy tarmog‘i bosh direktorligidan ketdi
Jahon | 22:16
-
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?
Jahon | 21:27
-
Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun «Yechimlar atlasi» taqdimoti bilan tanishdi
O‘zbekiston | 21:25
Mavzuga oid

17:54 / 20.05.2025
Utilizatsiya yig‘imi: bizda 3500 dollar, boshqalarda-chi?

20:40 / 12.05.2025
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi

14:14 / 01.05.2025
Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi 4 barobarga oshdi

10:07 / 03.03.2025