Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi
Kun.uz Milliy statistika agentligi taqdim etgan raqamlar asosida 2022-2025 yillarning birinchi choragida O‘zbekistonga yengil avtomobillar importini ko‘rib chiqdi. Joriy yil yanvar-fevral oylarida import oxirgi 4 yillikdagi minimumni qayd etgan. Notarif to‘siqlar ortidan yengil avtomobil olib kirish o‘tgan yilga qaraganda 3 barobarga kamayib ketgan.

Foto: motogonki.ru
Milliy statistika agentligi Kun.uz'ga yengil avtomobillar importiga oid ayrim raqamlarni taqdim etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2025 yilning birinchi choragida O‘zbekistonga avtomobil olib kirish bir yil oldingiga qaraganda 3 barobarga kamayib ketgan.
Yanvar–mart oylari bo‘yicha so‘nggi to‘rt yillikdagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:
- 2022 yil: umumiy qiymati 189,3 mln dollarga teng 8 508 ta;
- 2023 yil: umumiy qiymati 144,9 mln dollarga teng 10 489 ta;
- 2024 yil: umumiy qiymati 332,2 mln dollarga teng 22 210 ta;
- 2025 yil: umumiy qiymati 115,1 mln dollarga teng 6 950 ta yengil avtomobil import qilingan.
Raqamlar 2023 yildan boshlab import qilingan avtomobilning o‘rtacha narxi oshib borayotganini ko‘rsatmoqda. O‘rtacha narx 2022 yilda 22,2 ming dollar, 2023 yilda 13,8 ming dollar, 2024 yilda 15 ming dollar, 2025 yilda 16,6 ming dollar bo‘lgan.
2025 yil birinchi choragida O‘zbekiston asosan Xitoy (5 235 dona) va Koreyadan (1 425 dona), shuningdek, Hindistondan (144 dona) yengil avtomobil import qilgan. Bunda importning 75 foizi Xitoydan amalga oshirilgan.
2022 yilning mos davrida O‘zbekistonga avtomobil yetkazib beruvchilar orasida Xitoyning ulushi 53 foiz (4482 dona) edi. O‘shanda Koreyadan 2101 dona, Qozog‘istondan 1019 dona yengil mashina olib kirilgan.
Avvalroq ayrim import avtomobillar uchun ekologik sertifikat talab qilish boshlangan, lekin bir necha kun o‘tib, bu tartib to‘xtatilgandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi
Jahon | 19:30
-
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi
Jahon | 18:58
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
Mavzuga oid

18:37 / 12.07.2025
Importda yana muammo: Texnik tartibga solish agentligi muzlatkich va sovitkichlarni O‘zbekistonga kirgizmayapti

15:21 / 12.07.2025
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

17:15 / 10.07.2025
12,6 ming dollarga krossover - Geely Icon 2026 taqdim etildi

12:45 / 08.07.2025