Toshkentda qidiruvda bo‘lgan fuqaro attraksionda qo‘lga olindi

O‘zbekiston 07:53 / 16.09.2023 10873

Milliy gvardiya xodimlari firibgarlik uchun qidiruvga berilgan fuqaroni attraksionda qo‘lga oldi.

Jamoat joylari bo‘lgan parklar, xiyobon va bozorlarda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi ishlar kuchaytirilgani o‘z samarasini bermoqda, deb yozadi Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 sentabr kuni poytaxtning Shayxontohur tumanida joylashgan “Navro‘z” istirohat bog‘i hududida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan 26 yoshli fuqaro qo‘lga olingan.

U firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun ichki ishlar organlari tomonidan qidiruvga berilgani aytiladi.

Ma’lum qilinishicha, 26 yoshli fuqaro Jizzax viloyatida istiqomat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: