Rossiya Adliya vazirligi «chet el agentlari» ro‘yxatini kengaytirdi – yangilanish 15 sentabr, juma kuni mahkama saytida e’lon qilindi. Ro‘yxatga siyosatshunos Stanislav Belkovskiy va yana to‘rt kishi kirgan: harbiy ekspert Yuriy Fedorov, «Xodorkovskiy Live» YouTube-kanali boshlovchisi Kirill Sedov, jurnalist Ilya Shepelin va Navalniyning Volgograddagi shtabi sobiq koordinatori Yevgeniy Kochegin.
Adliya vazirligining asoslariga ko‘ra, yangi shaxslar «chet el agentlari» ro‘yxatiga urushga qarshi pozitsiyasi va hokimiyatni tanqid qilgani, shuningdek, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan muloqotda bo‘lgani va boshqa «chet el agentlari» tomonidan chop etilgan materiallarni tarqatgani uchun qo‘shilgan».
Rossiyada «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun 2012 yilda paydo bo‘lgan. O‘shandan beri bir necha yuzlab tashkilotlar va shaxslar taqiq ro‘yxatiga kiritildi. Jismoniy shaxslar – «chet el agentlari» reyestri 2022 yil aprel oyi boshida ishga tushirilgan bo‘lib, u NNTlar – «chet el agentlari», OAV – «chet el agentlari» va ro‘yxatdan o‘tmagan tashkilotlar – «chet el agentlari» ro‘yxati bilan bir qatorda to‘rtinchi ro‘yxat bo‘ldi. 2022 yil dekabr oyidan boshlab qonun «chet eldan ko‘mak oladigan» va «chet el ta’siri ostida» bo‘lganlarni «chet el agenti» deb e’lon qilishga ruxsat beradi.