Oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun hujjat topshirish boshlandi
O‘zbekistonda oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura) uchun hujjat topshirish boshlandi.

Foto: Kun.uz
Kecha, 15 sentabrdan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura) uchun hujjat topshirish boshlandi.
2024 yil 1-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllari bo‘yicha hujjatlar joriy yil 15 sentabridan 15 oktyabriga qadar yagona elektron tizim orqali qabul qilinadi.
Bunda, stajyor-tadqiqotchilik ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli hisoblanadi.
Tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.
Doktorantura fan doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklidir.
Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.
Mavzuga oid

09:21
Xitoy O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi

17:56 / 22.02.2025
Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘quvchi ta’limiga qanday ta’sir qiladi?

16:49 / 15.02.2025
Ta’lim olish sog‘liq uchun foydali ekani isbotlandi

13:05 / 13.02.2025