Migrantlarga oilalarini Rossiyaga olib borish taqiqlanishi mumkin

Jahon 18:19 / 16.09.2023 15368

Rossiyaga ishlash uchun kelgan shaxslar oilasi, xotini, bolalari, ota-onasini olib kelish huquqiga ega bo‘lmasligi kerak, dedi Kommunistik partiyasidan Davlat Dumasi deputati Mixail Matveyev. Uning ta’kidlashicha, oilada faqat bir kishi mehnat qilmoqda, qolganlari esa Rossiya davlati xarajatlariga muhtoj.

«Rossiyaga ishlash uchun kelgan va patent olgan shaxslar oilasi, xotini, bolalari, ota-onasini olib kelish huquqiga ega bo‘lmasligi kerak. Ulardan bir nafari ishlaydi, qolgan 5-7 nafari ishlamaydi. Ular Rossiyaning ijtimoiy ta’minotiga - bepul maktab, bolalar bog‘chasi, tibbiy yordamiga muhtoj. Buni vizasiz rejimni saqlab turgan holda amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu viza rejimini joriy qilish zarurligini bildiradi, garchi men bunga tayyor ekanimizga qattiq shubha qilsam ham», dedi Matveyev.

Deputatning fikricha, agar bunga chora ko‘irlmasa, rossiyalik soliq to‘lovchilarning «bo‘yniga o‘tiradiganlar» soni yanada ko‘payadi.

Avvalroq Matveyev Markaziy Osiyo va Kavkazortidan kelgan migrantlarga Rossiya fuqaroligini berish bo‘yicha tezlashtirilgan jarayonni uch oyga to‘xtatib qo‘yishga chaqirgan edi. Deputatning eslatishicha, deyarli har kuni Rossiya fuqaroligini olishning noqonuniy sxemalari oshkor qilingani haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda.

Matveyev so‘zlariga ko‘ra, Rossiya pasporti, yashash uchun ruxsatnoma olish jarayonlarida noqonuniy holatlar «juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan» va bu katta biznesga aylangan.

Ko‘proq yangiliklar: