Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi M-Clinic ko‘pfunksiyali tibbiyot markazi o‘z eshiklarini ochmoqda
14–15 centyabr kunlari M-Clinic ko‘pfunksiyali tibbiyot markazida “Tibbiyotning dolzarb jihatlari: diagnostika, davolash, reabilitatsiya, samarali boshqaruv” mavzusida konferensiya tashkil etildi.

Foto: M-Clinic
Konferensiyaning asosiy maqsadi M-Clinic ko‘pfunksiyali tibbiyot markazining professional hamjamiyat hamda jamoatchilik uchun taqdimoti, Germaniya, Shveytsariya va Rossiyaning yetakchi mutaxassislari bilan kasalliklar diagnostikasi, bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilishda innovatsiyalar sohasida tajriba almashishdan iborat.
Tadbir mehmonlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A. Inoyatov, xorijiy mutaxassislar: A. N. Plaksina (Rossiya), S. Veber (Germaniya), O. F. Voronsov (Germaniya), Sh. Shuko (Shveytsariya) va boshqalar bo‘ldi.
Amrillo Inoyatov o‘z nutqida O‘zbekiston tibbiyotini rivojlantirishda xususiy sektorning rolini ta’kidladi.
Taqdimotni spikerlar o‘z ma’ruzalari bilan davom ettirdilar, «Joint Commission International» (JCI) tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiya qilish standartlarining maqsad va istiqbollari haqida so‘zladilar hamda tibbiyotda xalqaro hamkorlik mavzusiga to‘xtaldilar. Dunyo bo‘ylab bemorlarning o‘limi borasidagi statistika ma’lumotlari va uning sabablariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu muammoni hal qilishning birlamchi vazifasi kasallikni to‘g‘ri aniqlash va aloqa o‘rnatish bo‘lib, bu davolash samaradorligini 90% gacha oshiradi. M-Clinic tibbiyot markazi mutaxassisi — intervension kardiolog Timur Bekmirzoyevning ta’kidlashicha:
«Operativ jarrohlik bemorni tezkor tekshirish va davolashni talab qiladi, bugungi kunda M-Clinic’ning maxsus texnologiyasi va uskunalari bunday ishlarni eng samarali tarzda amalga oshirishga imkon beradi».
Konferensiya doirasida tibbiy reabilitatsiya sohalaridagi dolzarb masalalar yoritildi, zamonaviy jarrohlik rivojlanishining vektori va tibbiyotning boshqa muhim jihatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Germaniya va Rossiyaning yetakchi klinikalari vakillari ishtirokida yangi metodikalarga bag‘ishlangan maxsus masterklasslar o‘tkazildi.
O‘zbekiston, Rossiya, Germaniya hamda boshqa mamlakatlarning tibbiyot sohasidagi yetakchi mutaxassislarini birlashtirgan konferensiya tibbiyot amaliyotidagi so‘nggi yutuqlar, texnologiyalar, tendensiyalar haqida tajriba va bilim almashish platformasiga aylandi.
Manzil: Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Tantana ko‘chasi, 1-uy. Mo‘ljal: TTZ bozori
Sayt: mclinic.uz
Telefon raqami: +99855 508 13 30
Qisqa raqam: 1330 | Facebook | Instagram
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 10:53
-
Zelenskiy Shmixalni Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga taklif qildi
Jahon | 10:21
-
“Huquq savollari darslikdan tushmadi” – abituriyentlar. Imtihonning birinchi kuni qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 10:20
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47